"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa –
gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib
yuborur" (Sho‘ro, 30), oyatini o‘qidilar. Qaysi musibat Qur’onni unutishdan kattaroq
ekan?!"
666. Faqih aytadilar: Hasan ibn Ziyoddan Abu Hanifaning (r.a.) bunday deganlarini
eshitdim: "Kim Qur’onni yilda ikki marta o‘qib chiqsa, uning haqqini ado etgan bo‘ladi,
chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni Jabroil alayhissalomga har yili bir
marta o‘qib o‘tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o‘qib berganlar".
____________
Do'stlaringiz bilan baham: |