"Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish
uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi" (An’om, 19).
657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on
o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi
bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi.
658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan
rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa,
o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har
bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga
har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har
harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan
bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi".
659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim
yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod
olgan qorining".
660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni
Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on
qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni
taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat
qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing
Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga
keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji
boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi
dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga
amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni
o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni,
Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari
bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi".
So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish
hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi".
Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |