www.ziyouz.com kutubxonasi
210
sarf qilganidir".
Abu Qaloba: "Oiladan boshlanadi", deydilar, ya’ni, oilasi uchun harakat qiluvchi kishining
ajri boshqadan afzalroqdir.
490. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
"Haqiqatda sadaqa boylik orqasidan (ya’ni, oilasidan ortganidan) qilinadi. Tepadagi qo‘l
(beruvchi) pastdagi (oluvchi) qo‘ldan yaxshidir. Sadaqani o‘z oilangdan boshla".
491. Sobit Banoniy Anas ibn Molik oldilarida edi. Shunda Anas (r.a.) Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallamning aytgan gaplarini esladilar. "Alloh taolo bandaning uch
holatda olgan qarziga kafil bo‘ladi: Bittasi – gunohga tushib qolishda qo‘rqib, uylanishlik
uchun qarz olgan bo‘lsa, so‘ng shu qarzi to‘lay olmay, vafot etsa, Alloh taolo uning
qarzini qiyomat kuni ado etishga kafil bo‘ladi. Ikkinchisi – qarzni musulmonlarga yordam
berish uchun, g‘azotga chiqish uchun olgan bo‘lsa, uchinchisi – o‘likni ko‘mish uchun
qarz olgan bo‘lsa. Alloh taolo ularning qiyomat kunidagi da’vogarlarini rozi qiladi".
Sobit Banoniy (r.a.) Hasan Basriyning (r.a.) oldilariga kirdilar U kishi Anasdan (r.a.)
eshitganlarini aytgan edi, Hasan Basriy shunday dedilar: "Hazrati Anas yoshi ketib,
zaiflashib, bundan ham afzalrog‘ini unutibdi. Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz
so‘rab, keyin uni uzishga harakat qilib, shu qarz bilan vafot etsa, Alloh taolo uning
da’vogarlarini rozi qiladi".
492. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot
sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Osmonda ikki farishta bor, ular bittasining: "Ey
Parvardigor, infoq qiluvchiga bergan narsasining o‘rnini to‘ldir", ikkinchisining: "Ey
Parvardigor, mumsikning (baxilning) moliga talofot ber", deyishdan boshqa ishi yo‘q".
493. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat etadilar: "Kim
tilanchilik qilmasdan, halol holda, oilasi uchun harakat qilib, qo‘shnisiga shafqat
ko‘rsatib, talab etsa, qiyomat kunida uning yuzi badr kechasidagi oydek bo‘lib keladi.
Kim dunyoni haloldan talab qilsa, ammo faxrlanuvchi, kibrlanuvchi va riyokor bo‘lsa, u
qiyomat kunida Alloh g‘azab qilgan holida yo‘liqadi".
494. Faqih aytadilar: Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohga: "Ey
Allohning elchisi, bitta non sadaqa qilishim yaxshiroqmi yoki yuz rak’at nafl namoz
o‘qishim?" dedim. "Men uchun yuz rak’at nafl namoz o‘qimoqdan ko‘ra bitta non sadaqa
qilmoq yaxshidir", dedilar u zot. "Ey Allohning elchisi, – dedim yana, – muslimning
hojatini chiqarish yaxshiroqmi siz uchun yoki ikki yuz rak’at nafl namoz o‘qishimmi?"
"Menga musulmonning hojatini qondirish ming rak’at namozdan ham yaxshiroqdir",
dedilar. "Ey Allohning elchisi, siz uchun harom bir luqmani tashlash yaxshiroqmi yoki
ming rak’at nafl namozmi?" deb so‘radim. "Harom luqmani tark qilish men uchun ikki
ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, – deb so‘radim
keyin, – siz uchun g‘iybatni tashlash yaxshiroqmi yoki ikki ming rak’at nafl namoz
o‘qimoqmi?" "Fiybatni tark etish menga o‘n ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", deb
javob qildilar. "Ey Allohning elchisi, miskin beva xotinning hojatini chiqarish yaxshiroqmi
yoki o‘n ming rak’at nafl namozmi?" dedim. "Beva xotinni hojatini chiqarish, – dedilar u
zot sollallohu alayhi vasallam, – menga o‘ttiz ming rak’at nafl namozdan yaxshi". "Oila
a’zolari bilan birga o‘tirmoq afzalmi yoki masjidda o‘tirmoqmi?" deb savol qildim. U zot:
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |