Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
216
522. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim
bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so‘radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda".
Ya’ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota o‘g‘lini urgandek ursa, zarari yo‘q.
Rivoyat. Fuzayl ibn Iyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Ko‘pincha yetimni bir
tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi".
Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo‘lsa, urmasligi lozim,
chunki yetimni urish og‘ir ishdir.
523. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar
sollallohu alayhi
vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra
Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi?"
Holbuki, Allohning o‘zi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q,
bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki,
kim Mening
yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman",
deydi".
Aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga
muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar.
Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga
rahmdil otadek bo‘l, bilginki, ekkaningni o‘rasan va bilginki, soliha
xotin eriga tillo tojli
podshoh kabidir. Qachon xotinini ko‘rsa, ko‘zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga
og‘ir yukni ko‘tartirib qo‘ygan kabidir".
524. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Men va
musulmon yetimni kafillikka olgan odam jannatda xuddi shunday bo‘ladi", deb ikki
barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
Abu Xalil aytadilar: "Dovud alayhissalomning masalalarida o‘qidimki, u zot: "Ey
Parvardigor, yetimga va beva xotinga Sening rizoliging yo‘lida yaxshilik qilgan
bandangga qanday mukofot bor?" deb so‘radilar. "Uning mukofoti shuki,
qiyomat kuni
soya bo‘lmagan vaqtda uni arshning soyasiga olaman", dedi Alloh".
525. Avf ibn Molik Ashju’iy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
"Qaysi mo‘minning uchta qizi bo‘lib, toki ularni uzatib yuborgunicha yoki vafot etgunicha
ularga infoq qilsa, ular unga do‘zaxdan hijob (parda) bo‘ladi". Bir xotin aytdi: "Ey
Allohning elchisi, ikkita bo‘lsa-chi?" "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar Nabiy sollallohu alayhi
vasallam.
526. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ikki yuzi qoraygan xotin jannatda men
bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb barmoqlariga
ishora qildilar, ya’ni, eri o‘lgan,
qizlarining tarbiyasi uchun ularni uzatgunicha yoki vafot etguncha turmushga chiqmagan
xotin.
527. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: "Kim bozordan farzandlariga hadya keltirsa, u sadaqa qilgan kishi kabi
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
217
bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni
qizlardan boshlasin, chunki Alloh
taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib
yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan
xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi".
528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh
titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan
joyni
keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga
jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman".
____________
Do'stlaringiz bilan baham: