www.ziyouz.com kutubxonasi
209
onalarining ro‘zasini xohlasang, u ayol ikki kun tutib, ikki kun tutmas edi. Agar sen
butun olamlar sarvari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam ro‘zalarini xohlasang, u
zot har oyda uch kun ro‘za tutardilar". Ya’ni, oyning oydin kunlarida – 13-, 14-, 15-
kunlarda.
486. "U kunlar bir yillik ro‘zadir".
487. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. «Kim
ramazon ro‘zasini tutsa, keyin unga shavvoldan olti kunni qo‘shsa, guyoki yilning
hammasida ro‘za tutgandek bo‘ladi».
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Men sizlarga buni hisoblab beraman. Ramazon oyi ro‘zasi
uch yuz kun va olti kun oltmish kun bo‘ladi. Chunki Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |