Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
482. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga uch 
xislatni o‘rgatdilar. Ularni o‘lgunimcha tashlamayman. Hamisha tahoratli yurish, har 
oyda uch kun ro‘za tutish, choshgoh namozini qoldirmaslik". 
 
483. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam to‘rt 
narsani tark qilmas edilar. Ashuro kunida, ashr kunlarida va oyda uch kun ro‘za tutishni 
hamda bomdoddan oldin ikki rak’at namoz o‘qishni". 
 
484. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr oyida (ya’ni, ramazonda) 
ro‘za tutinglar va har oyda uch kun ro‘za tutinglar, u bir dahrlik ro‘za o‘rnidadir. U 
qalbdagi adovatni ketqazadi". 
 
Abdulloh ibn Shaqiq Uqayliy aytadilar: "Madinaga kelib, Abu Zarr Fiforiyni (r.a.) 
uchratdim. Unga: "Bugun qaysi holda ekaningizni bilayin", dedim. Xullas, undan 
"Ro‘zamisiz?" deb so‘radim. "Ha", dedilar u kishi. Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga 
kirishga izn so‘rab kutib turardilar. Huzurlariga kirganimizdan keyin bir tovoq ovqat olib 
kelishdi. Abu Zarr ham yeya boshladilar. Men qo‘lim bilan imo qilib, u kishiga eslatdim. U 
zot: "Men senga nima deganimni unutganim yo‘q, men ro‘zaman. Har oyda uch kun 
ro‘za tutaman, demak, abadiy ro‘zadorman", dedilar". 
 
485. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Men mujtahid bir kishi edim. Otam meni 
uylantirdi. Bir kuni otam uyimga kelib meni ko‘rmabdi. Xotinimdan: "Ering qanday?" deb 
so‘rabdi. Xotinim: "Juda yaxshi odam. Uxlamaydi, og‘iz ochmaydi, doim ro‘za", debdi. 
Otam mendan gumon qilib keyin aytdiki: "Men seni musulmon ayolga uylantirdim, uning 
haqqini ado et". Men otamning so‘zlariga parvo qilmadim. Quvvatim, ijtihodim bor edi. 
Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetib, u kishi meni chaqirtirdilar. Va 
aytdilarki: "Men namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman va og‘iz ochaman. Sen ham namoz o‘qi, 
uxla, har oyda uch kun ro‘za tut". Men aytdim: "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra 
quvvatliman". Aytdilar: "Bir kuni ro‘za tutib, bir kuni tutma. Bu Dovudning (a.s.) 
ro‘zalari". Keyin so‘radilar: "Qur’onni qanchada o‘qib bo‘lasan?" "Ikki kecha-kunduzda", 
dedim. "Har o‘n besh kunda o‘qi", dedilar. "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra 
quvvatliroqman", dedim. "Yetti kunda o‘qi", deb, so‘ng qo‘shimcha qildilar: "Har bir 
amalning ochko‘zligi bor va har bir ochko‘zlikda ozgina vaqt hirs bo‘ladi. Kimning o‘sha 
vaqti mening sunnatimda bo‘lsa, u hidoyat topadi. Kimniki boshqa narsada bo‘lsa, halok 
bo‘ladi". 
 
Ablulloh ibn Amr (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ruxsatlarini 
qabul qilganimda edi, ahlim va molimning yana shuncha bo‘lishidan yaxshiroq edi. 
Bugun qariganman, kuchim ketdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurganlarini 
tark qilganimni yomon ko‘rib turibman". 
 
Ibn Abbosning (r.a.) huzurlarida bir kishi kelib, ro‘za haqida so‘radi. "Men xazinamda bor 
so‘zlarimni senga gapirib beraman, – dedilar u kishi. – Agar Sulaymon alayhissalomning 
ro‘zasini xohlasang, u zot oyning avvalida uch kun, o‘rtasida uch kun va oxirida ham uch 
kun ro‘za tutardilar. Agar Dovud alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot bir kun 
ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq bo‘lardi. Agar Iso alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, 
u zot yil bo‘yi ro‘za tutardilar. Arpa yer edilar. Qattiq jundan kiyim kiyardilar. Kechasi 
bo‘lsa, oyoqlarini namozga saflar edilar, bomdod namozining alomati kelguncha 
turardilar. U kishi qaerda tursalar, ikki rak’at namoz o‘qirdilar. Agar u kishining 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish