"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning
"makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi" (A’rof, 99). Bu
ummatning yomoni ham Allohning lutfidan noumid bo‘lmaydi.
Alloh aytadi:
"Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87)",
dedilar Hazrati Ali.
Yazid Raqqoshiy aytadilar: "Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda, bergan
zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida
bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar
hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman". Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring,
uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga
kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman.
Bu xabarlarda sabr amallarning afzali ekaniga dalil bordir. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |