Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
talab qilsa, uni dunyo talab qiladi. Hatto dunyoda rizqini to‘liq oladi. Kim dunyoni talab 
qilsa, uni oxirat talab qiladi. Hatto o‘lim keladi, so‘ngra birdaniga olib qo‘yadi". 
 
Ibrohim ibn Yusuf Kinonadan rivoyat qiladi: Aytdilarki: "Men Abu Hozimning shunday 
deganlarini eshitdim: "Dunyodan ikki narsani topdim. Biri – mendagi narsa, u yo‘q 
bo‘lmaydi, ikkinchisi – boshqaniki, unga yetolmadim, chunki meniki bo‘lgan narsa 
boshqaga berilmagani kabi, boshqaniki ham menga berilmaydi. Men bu narsaning qaysi 
birida umr o‘tkazay? Va men yana ikki narsani ikki narsa deb bildim: Biri – mol-
dunyoning ajali menikidan oldin kelib, undan g‘alaba qilaman; ikkinchisi – mening 
umrim unikidan oldin uziladi, o‘laman va boshqa kishiga tashlab ketaman. Qaysi biri 
bilan Rabbimga osiylik qildim?" 
 
317. Abu Sufyon rivoyat qiladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos Salmonning (r.a.) oldiga keldilar. 
U kishi kasal edilar, ziyorat qildilar. Salmon yig‘ladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: "Ey 
Abdullohning otasi, nega yig‘layapsiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sizdan rozi 
holda dunyodan ketdilar-ku?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilar: "Ogoh bo‘linglar! 
Men o‘limdan qo‘rqib yoki dunyoga hirs qilib yig‘lamayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam bizlarga bir ahd berganlar. "Sizlarning dunyodagi nasibalaringiz yo‘lovchi 
oladigan narsa miqdorida bo‘lsin", deganlar. Mening oldimda esa, bu qora narsalar 
turibdi". U kishining oldilarida ichadigan, yeydigan, tahorat qiladigan idishlar bor edi. 
Keyin Sa’d (r.a.) aytdilar: "Ey Abdullohning otasi, siz ham bizga ahd bering. Sizdan 
keyin bizlar ham uni ushlaylik". Salmon (r.a.): "Ey Sa’d, qayg‘urgan paytingizda, hukm 
qilayotganingizda va qasamingizni bajarish vaqtida Allohni eslangiz", dedilar. 
 
318. Jubayr Zahhokdan rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallamdan so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Odamlarning zohidrog‘i kim?" deb. Aytdilar: 
"Kim qabrni va chirishini unutmasa, dunyo ziynatining ortiqchasini tashlasa, dunyodan 
ko‘ra oxiratni afzal bilsa, kunlarining ertasi bor deb hisoblamasa va o‘zini o‘lganlardan 
deb sanasa". 
 
Hakim Hotam Lifofiy aytadilar: "To‘rt narsani to‘rt narsadan talab qildik va bu yo‘lda 
xato etdik: Boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan, rohatni ko‘plikdan izladik, 
ozlikda ekan, ne’matni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, ya’ni, Alloh yopgan ayblarda 
va Islomda ekan". 
 
319. Rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim dunyoga 
katta ahamiyat berib tong ottirsa, Alloh uning qalbiga uch narsani bog‘lab qo‘yadi: 
Famdan hech uzilmaydi, mashg‘ullikdan ajralmaydi va kambag‘alligi tugamaydi". 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalang‘ochdir. 
Mehmon jo‘nab ketadi, yalang‘ochlik ortiga qaytadi". 
 
Fuzayl ibn Iyoz: "Yomonlikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni 
sevishlikdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni tark qilishdir", 
deydilar. 
 
320. Anas (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot 
aytdilarki: "Alloh taolo: "Mo‘min bandamga dunyoni ko‘paytirsam, xursand bo‘ladi, u 
Mendan uzoqroqdir, dunyoni kamaytirsam xafa bo‘ladi. Kimning dunyosini kamaytirsam


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
ana shu bandam Menga yaqindir", deydi". Keyin bu oyatni tilovat qildilar: 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish