“Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon krmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir” (Xud, 15-16).
Abdulloh ibn Xubayiq Antokiy aytadi: “Bandasi o‘zining amali savobini so‘ragan vaqtda
Alloh taolo bandasiga: “Sening qilgan amallaring savobini yorug‘ dunyoning o‘zida berib
tugatmadikmi? Yig‘ilishlarning to‘ridan joy bermadikmi? Dunyo tasarrufiga seni boshliq
qilib qo‘ymadikmi? Savdo-sotiq ishlariga rivoj bermadikmi? Shu va shunga o‘xshashlari
bo‘lmadimi?” deydi.