Davlat budjeti xarajatlari tasnifining quyidagi turlari mavjud:
1) Budjet xarajatlarining vazifa jihatidan (funksional) tasnifi (7-13
kodlar) barcha budjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi
hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari
asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga budjet
va budjetdan tashqari mablag‘larni yo‘naltirishini aks ettiradi.
2) Budjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan
mablag‘larning ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni
guruhlashdan iborat bo‘ladi. Bu tasnif budjet mablag‘larining vazirliklar,
mahkamalar, davlat tashkilotlari va idoralari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil
Do'stlaringiz bilan baham: |