Proteoglikanlar
Biriktiruvchi to‘qima hujayradan tashqari moddasini proteoglikanlar
hosil qiladi va to‘qima quruq massasining 30% ini tashkil etadi. Bular
yuqori molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan polianion moddalar bo‘lib,
katta miqdorda turli geteropolisaxarid yon zanjirlarini tutadi. Polipeptid
o‘zan bilan kovalent bog‘langan. Oddiy glikoproteinlardan farqli
ravishda proteoglikanlar 95% gacha uglevodlarni saqlaydi. O‘z
xususiyatlari bo‘yicha oqsillardan ko‘ra polisaxaridlarga ko‘proq
o‘xshaydi. Proteoglikanlar polisaxarid guruhlarini proteolitik ferment
ta’sir etib ajratib olish mumkin. Bu guruhlarni avval muko‘polisaxaridlar
deb atalar edi. Bugungi kunda ularni glikozaminoglikanlar deyiladi,
chunki ularning hammasi glyukozamin yoki galaktozaminni saqlaydi.
Glikozaminoglikanlarni 6 ta asosiy sinfi tafovut etiladi: gialuronat
kislota, xondroitin-4-sulfat, xondroitin-6-sulfat, dermatansulfat,
keratansulfat I va II, geparan sulfat va geparin.
Do'stlaringiz bilan baham: |