Triptofan almashinuvi. Triptofan almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislota bo‘lib, bir qator muhim biologik faol moddalarning, xususan
serotonin, nikotin kislotasi, ribonukleotid va NADning o‘tmishdoshi
hisoblanadi. Fiziologik sharoitda triptofanning 95% kiturenin yolida, 1%
dan oz qismi esa serotonin yolida oksidlanadi.
Xartnup kasalligi triptofan almashinuvining maxsus buzulishlariga
xosdir. Siydik bilan ko‘p miqdorda indolilatsetat, indolilatsetilglutamin
va indikan ajralishi, ammo, indolilsut kislotaning normal miqdorda
ajralishi tufayli, ehtimol, metabolik o‘zgarish triptofan almashinuvining
birinchi reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan dekarboksillanish sodir
bo‘ladi. Terida pellagrasimon jarohatlanish, psixik o‘zgarishlar, atakenz
hamda giperaminoatsiduriya kuzatiladi. Zamonaviy dalillarga ko‘ra,
xartnup kasalligidagi metabolik nuqson triptofanning ichakda so‘rilishi
hamda triptofan va uning almashinuv mahsulotlarini buyraklarda
reabsorbsiyasining irsiy buzulishiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |