Omillar
Yangi foyda,
so’m
Foydaning o’sishi
So’m
%
A. Sotuv narxining ko‘tarilishi
90000
+30000
+50
B.
Mahsulot
birligiga
bo‘lgan
o‘zgaruvchan xarajatlarning pasayishi
80000
+20000
+33
V. Doimiy xarajatlarning pasayishi
64000
+4000
+7
G. Ishlab chiqarish hajmining oshishi
70000
+10000
+17
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog‘lanmagan holda harakat qiladigan
sharoitda amalga oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to‘liq bir-biriga
aloqadorligini va boshqalarning ta‘sir ko‘rsatishini chiqarib tashlamaydi, shuningdek,
sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga yo‘naltirilgan tezkor narx siyosatini va
boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx o‘rnatishda ozod ishlab
chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan qiyinchiliklar sodir
bo‘ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor bilan, qo‘shimcha
sarmoyalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib
boriladigan siyosat, reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda-
nihoyatda yangi mahsulot yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning modifikatsiyasi
muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan va mavjud bo‘lgan assortimentga
qo‘shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo‘lishi mumkin yoki
mahsulotni o‘zi o‘zgartirilmasdan yangi uskunalar va mexanizmlarning
kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin.
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo‘shimcha sarmoyalarni talab etadi.
Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish
investitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi,
subyekt boshqaruvining yuqori darajasida amalga oshiriladi.
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik
yo‘nalishlarni aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab
chiqariladigan mahsulotni modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi
181
mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik rivojlantirish; eskirgan mahsulotni ishlab
chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi turdagi mahsulotni ishlab
chiqarish boshqa hamma yo‘nalishlarni aniqlovchi subyektning strategiyasida
prioritet yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Innovatsion menejmentini tuzish quyidagi formulani taklif etadi:
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot"
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror qabul
qilishda kerak bo‘lgan ko‘rinish, hajm va ma‘lumot mazmunini topshiradi.
Innovatsiya jarayonini 6ta bosqichga bo‘lish mumkin:
1.
Bozordagi texnologik yangi o‘zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish bo‘limlaridan (IIТKI), marketing bo‘linmalaridan, sotuv
bo‘limi appartidan, savdo dallollaridan, xaridorlardan tushadigan ma‘lumotlarni
yig‘ish va tizimlash; subyektni yangi mahsulotni ishlab chiqarish va tatbiq etish,
tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda mavjud imkoniyatlari haqidagi
maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma‘lumotni yig‘ish
va tizimlash.
Ma‘lumotni yig‘ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo‘lgan talabga
ta‘luqli omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil mahsulotlar talabni
qondirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boshqalari esa talab va bozorni rag‘batlantirish
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Izlanish ishining eng boshida bozorni tahlil qilish
mahsulotning standartlarga to‘g‘ri kelishini, uning xaridorlar uchun ko‘zga
tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish hajmlarini o‘rnatishga imkon beradi.
2.
Yangi mahsulot g‘oyasiga ta‘lluqli ma‘lumotni tanlash, g‘oyalarning
imkoniyatlari va amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning
texnologiyasida o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subyektning
ixtisosligiga to‘g‘ri kelishi; bo‘lajak buyumning patent tozaligini aniqlash.
3.
Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing
dasturini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini texnik
ishlab chiqish; mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati va
iste‘mol xususiyatlarini baholash; sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va
o‘zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab
chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- mashina, uskuna, xomashyo,
materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o‘zlashtirish va u bilan birga bozorga
chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va baholash.
4.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab
chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun ishlab chiqarish
hajmini rejalashtirish; namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik jihatdan
texnik sinashlarni o‘tkazish va boshqalar; tovarning nomlanishini, uning tovar
belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka qilishni ishlab chiqish.
5.
Cheklangan bozorda mahsulotga bo‘lgan narxga va boshqa tijorat shartlarga
nisbatan uch oydan kam bo‘lmagan muddatda izlanishlar olib borish; sotish qilishni
muqobil kanallarini tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash.
6.
Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi,
xaridorlar bilan bo‘lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari,
resurslari, xodimlarning malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga sarflangan
182
umumiy summasini, moliyalashtirish manbalari, hisoblash davriga bo‘lgan foyda va
zarar bo‘yicha ko‘zlanayotgan natijalarni hisoblash asosida yangi mahsulotni ishlab
chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish.
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim
masala bo‘lib bu maqsad va sotish hajmiga bo‘lgan sarflarning nisbatini, ishlab
chiqarish sarflari va yalpi foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi.
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo‘lib butun subyekt bo‘yicha sotish
hajmiga va boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish
ta‘sirini baholash qo‘llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga,
reklamaga ketgan xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo‘llaniladi.
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari
mavjud: ekspert baholash; foydaning kutilayotgan me‘yori; ehtimolli yondashish;
kutilayotgan foydaning dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko‘p
o‘lchamligi; tarmoqni jalb qilish qobiliyati, raqiblarning unga ta‘siri va kirishi;
hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirish uchun yangi yaratmalarni
qo‘llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotuvini subyektning
moliyaviy faoliyatiga ta‘siri.
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko‘p jihatdan mahsulotga narx o‘rnatish bilan
kafolatlangan. Mahsulotga bo‘lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi eski yoki
shunga o‘xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o‘zgarib turganligi sababli yangi
mahsulotning paydo bo‘lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma‘lum bo‘ladi.
Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan mahsulotning
funksional roli, o‘xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, bunday mahsulot
uchun "o‘zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini hisobga olgan holda
uncha ko‘rimsiz bo‘lgan mahsulotlarga narxni belgilash.
Тurli holda yangi mahsulotga narxni o‘rnatish va hisoblash uchun sarflar va
foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi ishlatiladi.
Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir nechasiga sarmoya
kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot tekshirilgandan so‘ng
ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o‘tmishdagi "omadsiz" mahsulot kelajakda
"omadli" bo‘lib ketadi. Mahsulot narxining va qiymatining to‘g‘ri kelishini o‘rnatish
uchun bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlar tuzish tizimi tez va samarali bo‘lishi
kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo‘shimcha qilib buxgalterlar yangi mahsulotning
hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar tuzishlari kerak.
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng uning sotishsini tekshirish jarayoni
o‘tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta‘sir
ko‘rsatuvchi omillar haqidagi ma‘lumot buxgalteriya hisobotida ro‘yxatga olinadi.
Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o‘rganishning boshqa usullari
ham qo‘llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon yordamida
xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan tashqari xaridor
tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o‘rganiladi, bu esa narxni
aniqlashda, bo‘lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim o‘rin tutadi.
183
Do'stlaringiz bilan baham: |