176
O‘zgaruvchan sarflar chizig‘i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona
buyum va 100000 so‘m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va
o‘zgaruvchan (OK) xarajatlarning o‘rtasidagi farqqa teng.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun
doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so‘mdagi doimiy xarajatlarning summasi
o‘zgaruvchan xarajatlarga qo‘shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig‘i o‘zgaruvchan
xarajatlar chizig‘iga parallel bo‘ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan
daromad chizig‘i (OS) va o‘zgaruvchan xarajatlar chizig‘i o‘rtasida ko‘rsatilgan.
Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha
bo‘lgan birligi darajasida joylashgan.
Shunga e‘tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni
(diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo‘ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida
mahsulot birligiga bo‘lgan sotish narxi va o‘zgaruvchan sarflar boshqacha bo‘ladi.
Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining
koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi:
Хavfsizlik hududi
=
Rejalashtirilayotgan
sotish
hajmi
-
Zarasizlik
nuqtasidagi sotish
hajmi
Хavfsizlik
chegarasining
koeffitsiyenti
=
Rejalashtirilayotgan sotish
hajmi
+
Zararsizlik nuqtasidagi sotish
hajmi
Rejalashtirilayotgan
sotish hajmi
Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko‘rsatmoqda. U subyektning
zarar ko‘rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini
ko‘rsatmoqda.
Mahsulotning
rentabelligi
=
Mahsulot birligiga ta‘luqli marjinal
daromad
Mahsulot
birligining narxi
x
100
Umumiy tahlildan so‘ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti
tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-jadvalga
qarang).
9.3-jadval
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilma
Mahsulot
Mahsulotning
rentabelligi, %
Marjinal daromad,
so‘m
Mahsulotning
assortimenti tizimi, %
A
62
10000000
20
B
60
20000000
40
V
50
20000000
40
Yalpi marjinal
daromad
50000000
100
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni
ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma‘lumotlaridan
ko‘rinib turibdiki, rentabellik foyda bo‘yicha 14,5dan 16 %gacha o‘sgan bir davrda
marjinal daromad bo‘yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi.
177
Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti ushbu
mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma‘lumot olingan sari
kamayadigan ma‘lum boshlang‘ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V mahsuloti
boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning
assortimentini o‘zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa
ajab emas.
Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko‘p
pog‘onali segment hisobi ma‘lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo‘llaniladi
(9.4-jadvalga qarang).
9.4-jadval
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: