Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo‘llash
orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini hisoblash.
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali
aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo‘jalik yurituvchi subyektning nol
darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati.
Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech
qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |