Degressiv xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya‘ni xarajatlarning
o‘sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya
qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat
o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining
moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |