Budjet (smeta)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va
sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko‘rsatadigan va ushbu
maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan,
ma‘lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko‘rinishidagi miqdor rejadir.
Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Budjetlashtirish – subyekt va uning bo‘linmalarining faoliya-tini boshqarish
usuli.
Vertikal tahlil – har bir ko‘rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o‘zgarishini o‘rganish.
253
Gorizontal tahlil – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta
xarajatlarining o‘rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.