Moskvada bo‘lib o‘tgan Хitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тojikiston
davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida
o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida
shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay
2001 yil 14-15 iyun kunlari Хitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib
22
va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida
bayonot imzolandi
1
.
O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi
Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHТ, deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning
asoschilaridan biri bo‘ldi.
2001 yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini
tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga
qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHТ ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining
Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida ShHТga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi,
tashkilotning ta’sis hujjati - ShHТ Хartiyasi, ShHТga a’zo davlatlar o‘rtasida
Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi.
2003 yil 29 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHТ ning doimiy
amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Тoshkentda Mintaqaviy aksilterror
tuzilmasi (MAТТ) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar
2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar
2
.
2004 yil 17 iyun kuni Тoshkentda ShHТ ga a’zo davlatlar rahbarlarining
sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy
hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida
O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun
Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi.
Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron
terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish,
odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga
qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Тoshkentda
1
O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun
darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi”
NMIU, 2011. 256 b.
2
O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun
darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi”
NMIU, 2011.257 b.
23
tashkil etilgan MAТТ zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona
qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali
terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
ShHТ ning Тoshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHТ ga a’zo mamlakatlarni
xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi.
Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga
kelishib olindi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu
sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish
1
.
Хitoy Хalq Respublikasi raisi ХU Szintao Хitoy hukumati
ShHТdoirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari
miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi.
Sammit yakunida Тoshkent deklaratsiyasi, ShHТ ning vakolatlari va
immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop
moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi
bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o‘nta hujjat
imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: