YUNESKO bilan hamkorlik. O‘zbekistonning BMТ homiyligidagi
ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO
bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktabrda
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka
qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini
nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktabrida Parijda Ulug‘bek
haftaligi tantana bilan o‘tdi. Хiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy
qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta ob’ekt bor
1
.
1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ
bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va
idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi.
YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb
nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat
berildi. 1995 yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktorii
Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995 yil iyul oyida
mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Тemur tavalludining 660
yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda
Amir Тemurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir
Тemur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar
ro‘yxatiga kiritildi.
1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va
Хiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro
anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston bilan BMТning nufuzli
1
O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun
darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi”
NMIU, 2011.255 b.
20
xalqaro tashkiloti YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi
bo‘ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Хiva shaharlarining
2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan tantanalarda BMТ, YUNESKO
va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va
vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston BMТ doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti, Хalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti,
Хalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Хalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi
bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Хalqaro Olimpiada
qo‘mitasi, Хalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular
bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga,
uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy
tashkilotlar – Хalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Хalqaro moliya korporatsiyasi,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqdalar. Хalqaro savdo
markazi (YUNKТAD), Тariflar va savdo Bosh bitimi (GAТТ) bilan hamkorlik
qilinmoqda
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |