O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

H. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish 
(Jinoyat kodeksining 156-moddasi) 
 
Konstitutsiyamizning  4-moddasida  «O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha 
millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning  rivojlanishi 
uchun  sharoit  yaratadi»,  deb  belgilangan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  (18-modda)  inson  va 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tengligini kafolatlaydi. 
Unda: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida 
tengdirlar», deyiladi. 
Konstitutsiyaning  31-moddasiga  binoan  «Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson 
xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish    yoki  hech  qaysi  dinga  e’tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qarashlarni 
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».  
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,  deyiladi 1991-yil 14-iyun-da qabul qilingan «Vijdon erkinligi va 
diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida»gi  Qonunning  4-moddasida,  dinga  munosabatidan  qat’iy  nazar,  qonun  oldida 
tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishi mumkin emas, fuqaroning o‘zi shuni 
istagan  hol  bundan  mustasnodir.  Fuqarolarning  dinga  munosabatiga  qarab  ularning  huquqlarini cheklash  va 
ularga imtiyozlar berish, xususan dushmanlik va adovat uyg‘otish yoxud ularning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq 
his-tuyg‘ularni  haqorat  qilish,  shuningdek  muqaddas  diniy  inshootlarni  oyoq  osti  qilish  qonun  bilan 
jazolanadi». 
Jinoyatning  obyekti  milliy,  irqiy  yoki  diniy  teng  huquqlilik  yoxud  xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki 
unga e’tiqod qilmaslik erkinligi bo‘ladi. 
Jinoyatning obyektiv tomoni quyidagilarni: 
 
– milliy sha’n va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan harakatlar
– diniy e’tiqod yoki his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan harakatlarni sodir etish
–  milliy,  irqiy,  etnik  mansubligi  yoki  dinga  munosabatiga  qarab  ularning  huquqlarini  cheklash  yoxud 
ularga afzalliklar berishni o‘z ichiga oladi. 
Milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish boshqa millatni, irqni yoxud u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi 
shaxslarni qirishga ommaviy da’vat etish; qirg‘in qilishga oshkora chaqirish; u yoki bu millat, irq vakillarini 
haqorat qilish, ularni xoinlikda, qo‘rqoqlikda ayblash, kamsitish kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 


O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  ega  bo‘lgan  huquqlardan  birortasining  cheklanishi  tushuniladi. 
Bunday  kamsitilish  shaxsning  millati,  irqi  yoki  diniy  e’tiqodi  munosabati  bilan  ishga,  o‘qishga  qabul 
qilmaslik yoki imtiyozlarni cheklashda ifodalanishi mumkin.  
Jinoyat  kodeksining  156-moddasi,  1-qismi  dispozitsiyasida  ko‘rsatilgan  qilmishlardan  birortasi  sodir 
etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi, ya’ni jinoyat tarkibini tugallangan, deb topish uchun 
sodir etilgan harakatlar natijasida milliy, irqiy yoki diniy adovat vujudga kelgan bo‘lishi shart emas. 
Subyektiv tomondan milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish qasddan sodir etiladi. 
Aybdor tomonidan shaxsning milliy sha’ni va qadr-qimmati kamsitilgan, diniy e’tiqodi munosabati bilan 
haqoratlangan  hollarda  aybdorning  maqsadi  –  adovat  qo‘zg‘atish,  milliy,  irqiy  yoki  diniy  mansubligiga  oid 
belgilariga qarab kamsitish bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash lozim. 
Mazkur  jinoyatni  sodir  etish  motivlari  turlicha  bo‘lishi  mumkin,  biroq  ular  jinoyatni  kvalifikatsiya 
qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  har  qanday  shaxs  hisoblanadi.  Fuqarolarning  milliy,  irqiy  yoki 
diniy  mansubligiga  qarab  ularning  huquqlarini  cheklash  yoki  afzalliklar  belgilashning  subyekti  mansabdor 
shaxs bo‘lsa, uning harakatlarini hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik (Jinoyat kodeksining 
205-moddasi) yoxud hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanlik (Jinoyat kodeksining 206-
moddasi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Jinoyat  kodeksining  156-moddasi,  2-qismi  bir  qator  jazoni  og‘irlashtiruvchi  belgilarni  nazarda  tutadi. 
Milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo‘zg‘atish:  
 
1) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda; 
2)   badanga og‘ir shikast yetkazgan holda;  
3) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zo‘rlik ishlatib ko‘chirgan holda; 
4) mas’ul mansabdor shaxs tomonidan; 
5)  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  oldindan  til  biriktirib  sodir  etilgan  bo‘lsa,  jazoni  og‘irlashtiruvchi 
holatlar hisoblanadi. 
 
Bu  jinoyatni  boshqa  shaxslarning  hayoti  uchun  xavfli  usulda  sodir  etish  deganda,  muayyan  vaziyatda 
faqat  jabrlanuvchilarning  emas,  balki  boshqa  shaxslarning  ham  hayoti  uchun  xavfli  bo‘lgan  usullarni 
qo‘llashni tushunmoq lozim.  
Milliy,  irqiy  yoki  diniy  adovatni  qo‘zg‘atishda  aybdor  bo‘lgan  shaxs  jabrlanuvchiga  og‘ir  tan  jarohati 
yetkazganida,  uning  harakatlari  Jinoyat  kodeksining  156-moddasi,  2-qismi,  «b»  bandi  bilan  kvalifikatsiya 
qilinadi va Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi. 
Fuqarolarni doimiy yashash joyidan zo‘rlik bilan ko‘chirish deganda, odamlarni xohishlariga zid ravishda 
doimiy  yashab  turgan  joylarini  tark  etishga  majbur  qilishni  tushunish  lozim.  Bunday  hollarda, 
jabrlanuvchilarga  nisbatan  kaltaklash,  yengil  yoki  o‘rtacha  og‘ir  tan  jarohatlari  yetkazish  tarzidagi  zo‘rlik 
ishlatilishi  mumkin.  Fuqarolarni  ularga  yoki  ularning  yaqin  qarindoshlariga  nisbatan  zo‘rlik  ishlatish  bilan 
qo‘rqitib  ko‘chirish,  ularning  mol-mulkini  yo‘q  qilish,  yashab  bo‘lmaydigan  vaziyatni  vujudga  keltirish, 
fuqarolarni  doimiy  yashash  joylaridan  majburlab  olib  ketish  kabilarni  ham  zo‘rlik  ishlatib  ko‘chirish,  deb 
hisoblash kerak. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish