guruhini batamom yoki qisman yo‘q qilishdir. Germaniya, Chili, Kampuchiya va boshqa mamlakatlardagi
fashistlarga xos vahshiyona ishlar genotsid hisoblangan. Genotsid jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan,
aqli raso shaxsdir.
F. Yollanish
(Jinoyat kodeksining 154-moddasi)
BMТ Bosh Assambleyasining 1988-yilda qabul qilingan 2465-rezolutsiyasiga (XXIII) ko‘ra, yollanma
askarlardan foydalanish jinoiy qilmish, yollanma askarlarning o‘zlari esa jinoyatchi hisoblanadilar.
«Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Jeneva konvensiyasiga 1977-yilda kiritilgan 1-
qo‘shimcha bayonnomaning 47-moddasida «yollangan askar» tushunchasi berildi, unga ko‘ra qurolli
to‘qnashuvda jang qilish uchun harbiy harakatlar joyida yoki chet eldan maxsus yollangan, mazkur tarafning
qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kiruvchi shunday daraja va vazifadagi kombatant (harbiy harakatlarda
bevosita qatnashuvchiniki)dan ancha ortiq haq va’da qilinib shaxsiy naf olish istagida bo‘lgan shaxs sifatida
to‘qnashuvchi taraflarning fuqarosi bo‘lmagan, to‘qnashuvchi taraf nazorat qilayotgan hududda doimiy
yashamaydigan; to‘qnashuvchi tarafning qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kirmaydigan, davlat tomonidan
yuborilmagan, uning qurolli kuchlari tarkibiga kirmaydigan shaxs «yollangan askar»
1
, deb ta’riflangan.
Yollanish jinoyatining obyekti insoniyat xavfsizligidir. Obyektiv tomondan jinoyat to‘qnashuvchi
(urushuvchi) mamlakat fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi bo‘lmagan yoxud to‘qnashuvchi taraf tomonidan
nazorat qilinayotgan hududda doimiy yashamaydigan yoki qurolli kuchlar tarkibida rasmiy majburiyatlarni
bajarish uchun hech bir davlat tomonidan vakolat berilmagan shaxsning chet davlat hududida yoki tarafida
qurolli to‘qnashuvda yoki harbiy harakatlarda qatnashishidan iborat.
Yollanish jinoyati obyektiv tomonining quyidagi belgilari mavjud:
1) yollanuvchini aniq qurolli to‘qnashuvda yoki harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollash;
2) yollanuvchi to‘qnashuvchi mamlakat fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmaydi, to‘qnashuvchi
taraf nazorat qilayotgan hududda doimiy yashamaydi va qurolli kuchlar tarkibida rasmiy majburiyatlarni
bajarish uchun unga hech bir davlat tomonidan vakolat berilmagan. Faqat davlatlar o‘rtasidagi
shartnomalarga ko‘ra boshqa davlat armiyasiga vaqtincha xizmatni o‘tash uchun yuborilishi mumkin, lekin
ular harbiy to‘qnashuvlarda bevosita qatnashishlari mumkin emas;
3) moddiy naf ko‘rish yoki boshqa shaxsiy manfaatlarga ega bo‘lish yollanishning sababi hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Moddiy naf ko‘rish yoki boshqa shaxsiy
manfaatlarga ega bo‘lish jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso
shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: