Ushbu modda ikki qismdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida:
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar»,
deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksining 141-moddasi xalqaro huquqiy hujjatlarga, jumladan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida»gi xalqaro bitimning 26-moddasiga to‘la mos keladi. Shu bitimda: «Barcha odamlar qonun oldida
teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun tomonidan teng himoya qilinishi huquqiga egadirlar. Shu
munosabat bilan har qanday kamsitishlar qonunda man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgisi:
irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy
mavqeyi, tug‘ilishi yoki boshqa sharoitlar bo‘yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani
kafolatlanishi lozim», deb qayd etilgan.
Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir. Obyektiv tomondan jinoyat
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan kelib
chiqishdan qat’iy nazar, fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita
afzalliklar berishda ifodalanadi.
Fuqarolar teng huquqligining buzilishi ularga o‘z huquqlarini amalga oshirish imkonini bermaslik yoxud
ularning o‘z huquqlarini amalga oshirishlariga to‘sqinlik qilish (masalan, jinsi, irqi, millati va h.k. kelib
chiqib, ishdan bo‘shatish, istiqomat joyida ro‘yxatdan o‘tishiga, ishga qabul qilinishiga, o‘qishga kirishiga
yo‘l qo‘ymaslik)dan iborat bo‘lishi mumkin.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini va h.k. kelib chiqib, fuqarolarning huquqlari buzilgan yoki cheklangan yoxud
fuqarolarga afzalliklar berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Тeng huquqlilikning buzilishi zo‘rlik ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat
kodeksining 141-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
vaqtida zo‘rlik ishlatish mushtlash, jabrlanuvchini kaltaklash, badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazishda ifodalanishi mumkin.
Bunday qilmish shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan qo‘shimcha
ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Badanga og‘ir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi jinoyatlar
jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Subyektiv tomondan fuqarolar teng huquqliligining buzilishi qasddan sodir etiladigan jinoyat
hisoblanadi. U bevosita g‘araz niyat bilan sodir etilishi mumkin. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga
to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
B. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
(Jinoyat kodeksining 142-moddasi)
Fuqarolar turar joy daxlsizligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
Konstitutsiyaning 27-moddasida: «Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga
aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan
va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi... mumkin
emas», deyilgan.
Jinoyat kodeksining 142-moddasi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro Paktga, Inson
huquqlari umumiy deklaratsiyasiga mos keladi. Jumladan, deklaratsiyaning 17-moddasida: «hech kimning
turar joy daxlsizligiga tajovuzlar qilishi mumkin emas», deb yozilgan.
Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolar turar joy daxlsizligi hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni turar
joyga unda yashovchilarning erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirishda
ifodalanadi.
G‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirish deganda, aybdor shaxsning yoxud turar joy egasining ruxsatisiz
shaxsning turar joyga o‘zboshimchalik bilan bostirib kirishga qaratilgan xatti-harakatlari (masalan,
g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirish, ruxsatnomasiz tintuv o‘tkazish, o‘zganing turar joy maydoniga
o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kirish va h.k.)ning sodir etilishini tushunish lozim.
Agar turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda g‘ayriqonuniy bostirib kirish zo‘rlik ishlatib
sodir etilgan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 142-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar
g‘ayriqonuniy bostirib kirish zo‘rlik ishlatilmay sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning xatti-harakati jinoyat sifatida
kvalifikatsiya qilinmaydi.
Zo‘rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi (masalan, turtkilash, qo‘lni
qayirish, mushtlash, kaltaklash, badanga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishi)ni tushunish lozim.
Bunday hollarda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining sog‘liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik
nazarda tutilgan moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Тurar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy bostirib kirish
mansabdor shaxs tomonidan mansab vakolatidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining
206-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim.
Тurar joyga zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy bostirib kirilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan, deb
hisoblanadi. Bunda kelib chiqqan oqibatlar ahamiyatga ega emas.
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga
to‘lgan, aqli raso, jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Тurar joyga bostirib kirib o‘zganing mol-mulkini o‘g‘rilaganlik Jinoyat kodeksining o‘g‘irlik uchun
javobgarlik nazarda tutilgan tegishli moddalari bilan qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining 142-moddasi
bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
1. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar qaysi jinoyatlardan iborat?
2. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish nimalarda ifodalanadi?
3. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish jinoyatida (Jinoyat kodeksining 141-moddasi, 2-qismi) zo‘rlik ishlatish tushunchasi.
4. Fuqarolarning turar joy daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning shartlari nimalarda ifodalanadi?
5. Qanday holatlarda uy-joy daxlsizligini buzgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi?
2-bob. ТINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYAТLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |