O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

G. Haqorat qilish 
(Jinoyat kodeksining 140-moddasi) 
 


Ushbu  jinoyatning  obyekti  shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmatidir.  Ammo  haqoratlash  natijasida 
haqoratlangan  shaxsning  sog‘lig‘iga  shikast  yetkazishi  mumkinligini  ham  istisno  qilib  bo‘lmaydi.  Obyektiv 
tomondan haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. 
Haqorat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin. 
Haqorat  shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  beodoblik  bilan  qasddan  tahqirlash  turli  xatti-harakatlarda 
(masalan,  beandishalik  bilan  so‘kish,  turli  ibora  va  mulohazalarni  yozish,  yuziga  tupurish,  jabrlanuvchiga 
nisbatan behayo xatti-harakatlarni va imo-ishoralarni qilish va h.k.) ifodalanadi. 
Haqorat qilish jinoyatning tarkibi mavjud bo‘lishi uchun shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash 
beodoblik  bilan,  ya’ni  jamiyatda  qabul  qilingan  va  odob-axloq  qoidalariga  mutlaqo  zid  ko‘rinishda 
ifodalanishi  zarur,  bu  har  bir  alohida  holda  sud  tomonidan  aniqlanadi.  Shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmatini 
beodoblik  bilan  tahqirlashga  qaratilgan  xatti-harakat  sodir  etilgan  paytdan  boshlab  jinoyat  tugallangan 
hisoblanadi. 
Haqorat  qilish,  odatda,  bevosita  sodir  etiladi,  ammo  jabrlanuvchi  bu  haqda  xabar  topadi,  degan  taxmin 
bilan sirtdan sodir etilishi ham mumkin. Haqorat qilish vositachi orqali amalga oshirilishi mumkin. Haqorat 
qilganlik  uchun  javobgarlik  masalani  hal  etishda  haqoratlangan  shaxsning  hissiyotidan  kelib  chiqib,  xulosa 
chiqarish mumkin emas. Bu hissiyot o‘ziga haddan ziyod baho berish xususiyatidan kelib chiqqan bo‘lishi 
ham mumkin. 
Haqoratlovchi iboralarning mazmuni har xil bo‘lishi mumkin. Bu haqoratlovchi shaxsning «topqirligiga» 
bog‘liqdir.  Xafa  qilish  har  xil  bo‘lishi  mumkin,  ammo  ularning  hammasi  ham  haqorat  bo‘lavermaydi. 
Ularning shaxs qadr-qimmatini tahqirlaydigan va beodoblik bilan ifoda qilinganlarigina haqorat, deb e’tirof 
etiladi. 
Shaxsga  berilgan  salbiy  baho  haqiqatni aks  ettirgan, ammo  beodoblik  bilan  bayon  etilgan  hollarda  ham 
haqorat qilishning tarkibi mavjud bo‘ladi. Aksincha, odob doirasida bayon etilgan tanqid haqorat qilishning 
tarkibini tashkil etmaydi. 
Haqorat  har  doim  ma’lum  bir  shaxsga  qaratilgan  bo‘ladi.  Ma’lum  bir  shaxsga  qaratilmagan  so‘kinish 
bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin. 
Subyektiv tomondan haqorat qilish to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Haqorat qilish motivi har xil bo‘lishi 
mumkin. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Haqorat  qilish  nashr  qilish  yoki  boshqacha  usulda  ko‘paytirilgan  matnda  yoxud  ommaviy  axborot 
vositalari orqali sodir etilgan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 140-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlikka 
tortiladi. Haqorat qilish jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq 
holda  yoxud  xavfli  retsidivist  yoki  tuhmat  qilganligi  uchun  ilgari  sudlangan  shaxs  tomonidan  sodir  etilgan 
bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 140-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
 
 
 
1. Jinoiy maqsadlarda shaxsni yollash deganda nimalarni tushunasiz? 
2.  Odamlardan  foydalanish  maqsadida  shaxslarni  O‘zbekiston  Respublikasi  huquqidan  olib  chiqib  ketish  jinoyati  va  uning 
yuridik tahlili. 
3.  Ayolni  erga  tegishga  majbur  qilish  yoki  uning  erga  tegishga  to‘sqinlik  qilish tushunchasi  va  uning  uchun  jinoiy  javobgarlik 
masalasi. 
4. Ayolni erga tegishga majbur qilishdan uni jinsiy aloqa qilishga majbur qilishning farqi. 
5. Ayolni erga tegishga majbur qilib, o‘g‘rilash tushunchasi. 
6. Odam o‘g‘rilashning qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilishdan farqi. 
7. Zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jinoyati tushunchasi va uning o‘zboshimchalikdan farqi. 
8. Тuhmat tushunchasi, uning yuridik tahlili. 
9. Haqorat qilish tushunchasi, uni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi. 
10. Тuhmat va haqorat qilishning bir-biridan farqi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish