O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari 
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis 
Yusuf  Xos  Hojib  1020-yili  Qoraxoniylarning 
markaziy shaharlaridan biri Bolasog‗unda tug‗il-
di  (olamdan  o‗tgan  yili  noma‘lum).  Bo‗lajak 
mutafakkir o‗z davridagi barcha bilimlarni, arab 
va  forsiy  tillar  hamda  ushbu  tillarda  yozilgan 
adabiyotlarni puxta egallaydi.  
U  1069-1070-yillar  orasida  «Qutadg‗u 
bilig» (Qutga, ya‘ni baxt- saodatga erishtiruvchi 
bilim)  asarini  turk  tilida  yozib,  Qoraxoniylar 
hukmdori  Tabg‗ochxon  Bug‗roxonga  taqdim 
 
Yusuf Xos Hojib 
1020-yil
 


53 
 
etadi.  Xon  Yusufga  «Xos  Hojib»  (eshik  og‗asi)  degan  martabani  in‘om 
etadi.  Bu  falsafiy  didaktik  asarda  markazlashgan  davlat  tuzish,  uni 
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma‘muriy-xo‗jalik 
hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma‘naviy va davlatni tadbir bilan 
boshqarish  ishini  o‗rganish,  kasb-hunar  egallash,  xalq  g‗amini  yeyish 
haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari 
yetib  kelgan,  ammo  bu  asarda  shunday  durdonalar  to‗planganki,  ularga 
qoyil  qolmay  iloj  yo‗q.  Asar  13  ming  misra  (nasriy  va  nazmiy 
muqaddimadan  tashqari)-73  bobdan  iborat.  Unda  inson  tafakkurining 
barcha  jabhalari  bo‗yicha  so‗z  yuritiladi  va  nihoyatda  qimmatli  fikrlar 
bayon  etilgan.  Kitobda  berilgan  bu  g‗oyalar  o‗z  davri  uchun  ham, 
hozirgi  davr  uchun  ham  nihoyatda  qadrlidir.  Ayniqsa,  iqtisodiyot 
masalalari  bo‗yicha  davlat  va  raiyat  munosabatlari  sinchiklab 
o‗rganilgan.  Asar  18  oy  –  bir  yarim  yilda  yozib  tugallangan 
(Bolasog‗unda  boshlangan  va  Qashqarda nihoyalangan) bo‗lsa  ham  uni 
yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‗rilgan.  
Donishmand  fikricha,  ezgu  orzularga  faqat  toat-ibodat  bilangina 
yetishib  bo‗lmaydi.  Buning  uchun  talay  ezgu  ishlar  qilish,  foydali 
faoliyat  ko‗rsatish  kerak,  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Borliq  haqidagi 
bilimlarga  to‗qnashib,  odam  bilishi  mumkin  bo‗lmagan  narsa,  bilim 
bilan  yechilmaydigan  jumboq  yo‗q,  bilim  tufayli  osmon  sari  ham  yo‗l 
ochiladi,  deydi.  Bilish  uchun  esa  tinmasdan  o‗rganish  lozimligini 
uqtiradi.  
Taniqli  iqtisodchi  Adam  Smitning  iqtisodiy  ta‘limotiga  ko‗ra 
(XVIII asr) mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:  
1. Tinchlik-osoyishtalik.  
2. Me‘yordagi soliqlar. 
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.  
Ana shu g‗oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval 
bayon  etilgan.  Xalq,  raiyat  (soliq  to‗lovchilar)  mamlakat  hukmdoridan 
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:  
1) pulning qadrini ko‗tarish yoki ushlab turish;  
2)  xalqqa  xususiy  mulk  huquqini  ta‘minlovchi  qonunlarni  joriy 
etish; 
3) yo‗llarni o‗g‗ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.  
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‗lashni (hozirgi kunda ham 
nihoyatda  dolzarb),  chiqargan  farmon,  qonunlarini  bajarish  hamda 
do‗stiga  do‗st,  dushmanga  dushman  bo‗lishni  talab  qiladi,  deb  yozadi. 


54 
 
Ko‗rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‗zaro mutanosib 
bo‗lishi zarurligi g‗oyasi aniq ifoda etiladi.  
Pulning  qadrli  bo‗lishi  haqidagi  g‗oya,  aslini  olganda  inflyatsiya 
muammosi  bilan  chambarchas  bog‗liq,  baholarning  mo‗tadilligi  ham 
ta‘minlanadi. U o‗z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi 
valyuta masalalariga borib taqaladi.  
Xususiy  mulk  huquqini  ta‘minlash  bozor  munosabatlarining  bosh 
unsuridir,  mulkka  egallik  hissi  taraqqiyot  omili  sifatida  butun  jahon 
rivoji  asosida  isbotlangan  va  hozirgi  davrda  respublikamizda  ham 
jadallik  bilan  amalga  oshirilmoqda.  Davlat,  umumxalq  mulkiga 
ommaviy  o‗tishning  salbiy  oqibatlarini  sobiq  sho‗rolar  davrida 
boshimizdan kechirganmiz. Yo‗llarni o‗g‗rilardan muhofaza qilish ichki 
va  ayniqsa,  tashqi  savdo  (eksport-import)  ni  ta‘minlash  va  qo‗llab-
quvvatlashning  o‗zginasidir.  Bu  yerda  savdoning  xalq  xo‗jaligi  uchun 
ustuvor ahamiyati to‗g‗risida gap yuritiladi.  
Yusuf  Xos  Hojib  barcha  imtiyozlardan  mahrum  kambag‗al  tabaqalar 
ahvoliga  achinish  hissini  izhor  qiladi.  Donishmand  hokimlarni  quyi 
tabaqa  vakillarini  ularga  nisbatan  mehr-shafqatli,  insof-adolatli, 
marhamatli  bo‗lishiga,  ayni  paytda  raiyatni  hokimlarga  bo‗ysunuvchi, 
sadoqatli  bo‗lishiga  chaqiradi.  Mana  shunday  kelishtirish  yo‗li  bilan 
osoyishta  hayotga  erishishga  umid  bildiriladi  (bu  esa  iqtisodiy  rivoj 
uchun ham zaruriy shartdir).  
Kitobdagi  g‗oyalar  dunyodagi  hamma  ishlarda  qo‗l  keladi.  Unda 
mulk  tutishning  siru  asrorlari,  mamlakatni  idora  qilish  tartibi,  sharti, 
shuningdek,  mol-mulk,  el-yurtning  mangu  qolishi,  gullab-yashnashi  va 
uning  xarob  bo‗lish  belgilari  berilgan.  Mutafakkir  ayniqsa,  kasb-hunar 
ahlining  faoliyatini  yuqori  baholaydi.  «Bir  yigitga  qirq  hunar  oz»  bobi 
xuddi  shu  masalaga  bag‗ishlangan.  Vazir,  qo‗mondon,  elchi  va  boshqa 
hukmdorlarning  faoliyat  mezonlari  diqqatga  sazovordir.  Masalan, 
«Vazir ko‗zining to‗q bo‗lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan 
asraydi.  Ko‗zi  och  odam  bor  olamni yesa  ham  to‗ymaydi»,  deydi  olim. 
Dehqon,  savdogar,  chorvador,  oddiy  mehnatkash  ahli  to‗g‗risida  nodir 
fikrlar  bildiriladi.  «Bular  bilan  yaqin  bo‗lgin  hamisha,  to  tomoq 
tashvishin bilmasdan yasha», shuningdek, ayniqsa bilim va aql-idrokka, 
shu  soha  sohiblariga  katta  e‘tibor  berib:  «Odamzod  naslining  ulug‗ligi 
bilimdan.  U  aql-idrok  tufayli  ne-ne  tugunlarni  yechishga  qodir»,  deb 
yozadi alloma.  
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‗pchilikka tegib turadi. Bilim 
egalari esa elda aziz bo‗ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‗quv-idrok 


55 
 
bilan  amalga  oshadi.  Barcha  murakkab  ishlar  bilish  bilan  hal  etiladi. 
Ko‗rinib  turibdiki,  yurtimizda  iqtisodiy  rivojlanish  bo‗yicha  tanlangan 
o‗z  yo‗nalishimizda  ham  yoshlarning  bilim  olishiga,  jahon  xalqlari 
tajribasini  o‗rganishga  keng  imkoniyatlar  yaratilayotir.  Bu  tanlangan 
yo‗limizning to‗g‗riligidan dalolat beradi.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish