O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Amir Temurning iqtisodiy qarashlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

3.3. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari 
 
 
Amir  Temur  (1336-1405)  iqtisodiyotni 
boshqarishda  o‗ziga  xos  maktab  yaratdi. 
Sohibqiron  davlatida  devoni  buzurg  (bosh 
vazir)dan  tashqari  har  bir  viloyatda  Devon 
deyiluvchi  boshqarma  bo‗lgan.  U  davlatning 
muhim  ishlarini:  soliq  yig‗ish,  tartib  saqlashni, 
ijtimoiy  binolar  –  bozorlar,  hammomlar,  yo‗l-
lar,  suv  inshootlarining  tarmoqlarini  nazorat 
qilib  turgan.  Uning  xodimlari  vaqti-vaqti  bilan 
Amir Temur (1336-1405)
 


58 
 
tekshirish  va  taftish  ishlarini  olib  borgan.  Ayniqsa,  toshu  tarozi 
to‗g‗riligi,  odil  baho  tekshirib  turilgan,  qallob  va  tovlamachilar  qattiq 
jazolangan. 
 
Mamlakatda  ko‗rilgan bunday  va  shu  kabi  boshqa  chora-tadbirlar, 
birinchi  navbatda,  raiyatning  qashshoqlikka,  mamlakatning  esa  og‗ir 
ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. A.Temur: “Raiyatni 
xonavayron  qilish  davlat  xazinasining  kambag„alashishiga  olib  keladi. 
Xazinaning  kamayib  qolishi  esa,  sipohlarning  tarqalib  ketishiga  sabab 
bo„ladi.  Sipohlarning  tarqoqligi  esa,  o„z  navbatida,  saltanatning 
kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ta‘kidlaydi. 
Mamlakatda  dehqonchilikka  katta  e‘tibor  berilgan  bo‗lib,  yerga 
egalik qilish quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lgan: 
 
1.  Suyurg„ol  yerlar.  Katta  hajmdagi  bu  yerlar  davlat  tomonidan 
ajratib  berilib,  bir  avloddan  ikkinchisiga  o‗tgan.  Suyurg‗ol  egasi 
soliqdan  ozod  qilingan.  Bunday  yer  egalari  dehqonlarni  ishlatib,  yer 
solig‗i – xiroj olganlar. 
 
2.  Tarxon  yerlar.  Bu  yerlar  xususiy  mulk  bo‗lib,  ular  odamlarga 
biron-bir xizmati uchun berilgan. 
 
3.  Ushr  yerlar.  Sayid  va  xo‗jalarga  mansub  yerlar.  Bu  yerlarda 
olingan hosilning o‗ndan biri davlatga berilgan.  
 
4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari 
joylarga  doir  yerlar.  Vaqfda  yer,  suv,  bozor,  qul,  pullar  va  boshqalar 
mol-mulki bilan in‘om etiladi. 
 
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.  
 
Kimda-kim  biron  sahroni  obod  qilsa  yoki  koriz  (yerosti  suvlarini 
tortib  chiqarish  uchun  qurilgan  inshoot)  qursa,  biron  bog‗  ko‗kartirsa 
yoxud  birorta  xarob  bo‗lib  yotgan  joyni  obod  qilsa,  birinchi  yili  undan 
soliq  olinmagan.  Ikkinchi  yili  raiyat  o‗z  roziligi  bilan  berganini  olgan. 
Uchinchi  yil  xiroj  yig‗ilgan.  Mazkur  muammoga  bunday  yondashuv 
qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishini  rivojlantirishda  muhim  ahamiyat 
kasb etadi. 
 
Amir  Temur  barcha  shahar  va  qishloqlarda  langarxona  (yo‗lov-
chilar  qo‗nib  o‗tadigan,  kambag‗al  yetim-yesirlarga  ovqat  beriladigan 
joy),  g‗aribxonalarni  qurishni,  kasallar  uchun  shifoxonalar  bunyod 
etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va 
ularni amalga oshirish uchun harakat qilgan. 
 
Amir  Temur  Angliya  va  Fransiya  qirollariga  murojaat  qilib, 
xalqaro  savdo  aloqalarini  rivojlantirishga  harakat  qilgan.  Mashriqdan 


59 
 
mag‗ribgacha  bo‗lgan  savdo-sotiq  ishlarini  kuchaytirish  uchun  zarur 
bo‗lgan  shart-sharoitlar  yaratib  berilgan.  Masalan,  bir  kunlik  karvon 
yo‗lida  barcha  narsa  muhayyo  etilgan  (karvonsaroyda  doimo  ot,  yem-
xashak, oziq-ovqat, suv bo‗lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq 
jazolangan.  Shu  narsaga  alohida  e‘tibor  berish  kerakki,  chetdan  olib 
kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo‗shib sotish mumkin bo‗lgan. Bu 
hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo‗lgan 
talabni  kuchaytirsa,  ikkinchidan  –  aholining  iste‘mol  buyumlariga 
bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish imkonini beradi. 
 
A.Temurning  iqtisodiy  fikrlari  «Temur  tuzuklari»da  bayon 
etilgan  bo‗lib,  quyida  biz  ko‗rib  chiqmoqchi  bo‗lgan  g‗oyalar  mazkur 
asar asosida keltirildi («Temur tuzuklari». Toshkent,1991). 
 
Unda  o‗sha  davrdagi  davlatning  12  ijtimoiy  toifadan  iborat 
bo‗lganligi ko‗rsatilgan: 
1.  Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 
2.  Aqlli, donishmand odamlar. 
3.  Xudojo‗y kishilar. 
4.  No‗yonlar  (tuman  boshlig‗i),  amirlar,  mingboshilar,  ya‘ni 
harbiylar. 
5.  Sipoh va raiyat (soliq to‗lovchi xalq). 
6.  Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. 
7.  Vazirlar, sarkotiblar. 
8.  Hakimlar  (faylasuflar,  donishmand,  allomalar),  tabiblar, 
munajjimlar, muhandislar (injenerlar). 
9.  Hadis olimlari. 
10. Ahli hunar va san‘atchilar. 
11. Kasbu hunar egalari. 
12. Savdogar va sayyohlar. 
 
Davlat  taqdirini  esa  podsho,  xazina,  askar  hal  qiladi,  deyilgan. 
Qo‗shin  a‘zolarining  maoshi  to‗g‗risida  aniq  ma‘lumotlar  keltirilgan. 
Masalan,  oddiy  sipoh  o‗zi  mingan  ot  bahosiga  teng  miqdorida  maosh 
olishi,  bahodirlar  ikki  ot  bahosidan  to‗rt  ot  bahosigacha  maosh  olishi, 
o‗nboshi  o‗z  qaramog‗idagi  askarga  nisbatan  ikki  barobar  ko‗p, 
yuzboshi o‗nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. 
 
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig‗ish va xarj 
(sarf)  qilishga  alohida  e‘tibor  berilgan.  «Xirojni  yig„ish  vaqtida,  –  deb 
uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to„plangan 
molni  yozib,  raiyat  ahvolini  tekshirib  tursin,  boj  oluvchilar  fuqaroga 
zulm  qilib,  ularning  ahvoliga  xaroblik  yetkazmasinlar.  Viloyatlarda 


60 
 
yig„ilgan barcha  mol-ashyoni  kirim daftariga  yozishlari  lozim.  Ikkinchi 
vazir  esa,  chiqim  daftariga  yozib,  yig„ilgan  mollardan  sipoh  maoshiga 
taqsim  qilsinlar».  Demak,  ko‗rinib  turibdiki,  hisob-kitob  ishlari  to‗g‗ri 
yo‗lga qo‗yilishi talab etilgan. Xiroj odatda, sug‗oriladigan yerlarda jami 
hosilning  uchdan  biri  (33  foiz),  lalmikor  yerlarda  to‗rtdan  biriga  (25 
foiz)  teng  bo‗lgan  miqdorda  to‗plangan.  Bu  raqamlar  uning  hozirgi 
davrdagi daromad solig‗i atrofida bo‗lganligini ko‗rsatib turibdi. 
 
A.Temur  o‗qimishli,  olim  odamlarning  mehnatiga  yuqori  baho 
bergan.  «...  Sayidlar,  olimlar  va  fozillarga  dargohim  doim  ochiq  edi,  - 
deyiladi  «Tuzuklar»da,    chunki  bu  insonlar  mamlakat  rivojida 
ustundirlar».  A.Temur  Shom  (hozirgi  Suriya)  yurtini  qo‗lga  olganda 
(1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332–
1406)  asirga  tushib  qoladi.  Sohibqiron 
uning 
olimligini 
bilgach, 

bilan 
suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo‗yib 
yuboradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish