www.ziyouz.com kutubxonasi
83
bo‘lsam. Lekin gap shundaki, bunaqa narsaning o‘zi yo‘q.
— Shunday hovriqmaydigan vazminlig-u, birdan mana bunday g‘ayrioddiy ichki ziddiyatlar majmui,
juda qiziq-a, to‘g‘ri emasmi?
— Men suhbatimizni jon-jon deb davom ettiraman, faqat nimani nazarda tutayotganingni
tushuntirib bersang bas, — sovuq javob qildi Palmer.
Edis qahvali finjonni nariroq surdi-da, bir muddat uyning tomi chizmasi bilan andarmon bo‘ldi.
— Sen Xaina Kerd ishlagan haykalni o‘z xonangda qoldirish niyatidamisan? — so‘radi Edis. — Agar
qoldirmasang, men uni anavi burchakka joylashtiraman. — Edis Palmerga o‘girildi va kulib qo‘ydi: —
Men yana bahs boshlash uchun so‘rayotganim yo‘q, faqat men shiftni o‘ydirishim uchun aytayapman.
Axir, keyingi hafta elektr simini o‘tkaza boshlashadi.
— Men bu haykalni o‘z xonamda qoldirsam degandim.
Edis yana chizmalar ustiga engashdi.
— Mana bu devor bo‘ylab zamondosh rassomlarning tasvirlarini ilishimiz mumkin,
natyurmortlardan tashqari, rozimisan?
Palmer ko‘zlarini qisib, chizmalarga diqqat bilan tikildi.
— Mana bu nima, dahlizmi? — so‘radi u.
— Dahlizning bir qismi, — javob berdi Edis. — Mana bu, dahlizni bo‘lib turadigan devor. Qarshi
emasmisan?
— Yo‘q.
— Konstebl chizgan rasm, onamning sovg‘asi, mana bu yerda osig‘liq turadi, — davom etdi Edis. —
Engr esa narigi devorda. Shu rasmlar tevaragida kenggina bo‘sh joy hosil bo‘ladi. Binobarin, ularga
hech narsa xalaqit bermaydi. Men Ernstning polotnosini boshqa barcha modernchi rassomlar asarlari
yoniga ilishni istardim. Uni mana bu yerga ilib qo‘ysak-chi?
— Juda soz.
— Natyurmortlar oshxonaga ilinadi. Maylimi?
— Mayli.
— Gravyuralar boshqa xonalarga mo‘ljallanapti. Fraskoni bilan Pirsni mehmonlar xonasiga ilsak
bo‘lar, a?
— «Baliq ovi» gravyurasidan boshqasini. Uni men o‘z xonamga qo‘ymoqchiydim, — qayd etdi
Palmer.
Edis yana unga o‘girildi:
— Yana nima gunoh qilib qo‘ydim? Nima bilan izzat-nafsingga tegib ketdim? Shu paytgacha
menda: bularning hammasi sening joningga tegib ketdi, zerikarli bo‘lib qoldi, degan tasavvurda edim.
Palmer o‘rnidan turdi:
— Edis, bularning hammasi nimani anglatishini men bilmayman, lekin shuni ayta olamanki,
hammasi jonimga tegdi. Yetar endi.
Edis xonaning qorong‘i burchagiga tikilgancha jim qoldi. U o‘ychan bosh chayqadi:
— Ha, sen haqsan, Vuds. — U Palmerning boshidan oyog‘igacha qarab chiqdi-da, qo‘shib qo‘ydi: —
Vuds, bularning zamirida nima yotganini men ham bilmayman. Kel, men bilan bir oz o‘tir; menga bir
oz yordam ber, maylimi? Men boshqa bunday qilmayman.
Palmer tag‘in o‘tirib, qahva icha boshladi. Ularning tepasida osilib turgan elektr chirog‘i stolga va
to‘shamaga doira shaklida dog‘ tushirib turardi. Qahvali finjonda kichkinagina sariq uchqun o‘ynardi,
Edisning malla soch uyumi esa, uning yuziga soya solib turardi.
— Mening ichki ziddiyatlarim majmui haqida gapirganda nimani nazarda tutding? — so‘radi Palmer,
bosiq gapirishga urinib.
Edis sezilar-sezilmas yelka qisdi.
— Menda shunday taassurot vujudga keldiki, — javob berdi Edis ham o‘sha ohangda, — sen aslida
juda murakkabsan. Men esa o‘sha oddiyman. Sen odam ko‘zini shamg‘alat qilishga ustasi farangsan,
men esa bunday qilolmayman.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |