www.ziyouz.com kutubxonasi
82
— Faqat o‘z haqimda gapirayotganim yo‘q, buning bolalarga qanday ta’sir qilishi meni tashvishga
solayapti.
— Ular har qanday o‘zgarishlarga moslashib ketishadi, — dedi Palmer yengil kinoya bilan. — Sen
bo‘lsang, hecham o‘rganolmayapsan.
Edis erining gapini tasdiqlab bosh irg‘ab, uni hayron qoldirdi.
— Ha, hali ko‘nikkanimcha yo‘q. Vaqti bilan hammasi o‘tib ketadi, lekin tan olaman, bu meni sira
quvontirmaydi. Men Jerriga o‘xshab o‘n bir yoshda emasman, qirqni urib qo‘ydim. Bu yoshda
kutilmagan o‘zgarishlarga ko‘nikish juda qiyin.
— Baxtimizga senga o‘ttiz uchdan oshiq berish qiyin, shundaymasmi?
— Bugun ertalab menga qarashingdan aslo unaqaga o‘xshamaydi.
— Birovning o‘yini o‘zgacha talqin qilish istagi tug‘ilsa, bu boshqa gap, men...
— Nima bo‘lganda ham, — uning so‘zini bo‘ldi Edis. — Eng yomoni shundaki, biz Nyu-Yorkda hech
kimni bilmaymiz. Yangi tanishlar orttirish istiqboli esa meni qiziqtirmaydi.
— Biroq biz juda ko‘plab har xil odamlar bilan uchrashamiz, hatto haddan tashqari ko‘p, deyish
mumkin.
— Bu rasmiy tashriflar, xolos, — javob berdi Edis. — Bizni turli sabablarga ko‘ra taklif qiladilar.
Ko‘proq qandaydir umumiy tanishlar orqali, albatta. Uyimiz tayyor bo‘lmagani uchun hozir biz taklif
qilolmayapmiz. Hali biz ham da’vat qilamiz, albatta.
— Bu yerning odamlari bizning chikagolik do‘stlarimizdan farq qilmaydi.
Edis nafasini rostlab oldi:
— Do‘stlar — baribir, do‘stlar-da. Birinchi uchrashayotgan odamlarimiz esa hali do‘st bo‘lolmaydilar.
Harholda men shunday deb o‘ylayman.
Palmer o‘zining hali ichilmagan qahvasiga qarab, stoldan turdi:
— Men qahvani o‘zim bilan olib ketaman. Lekin hayronman, Nyu-Yorkka nisbatan qanaqa
xusumating bor?
Edis indamasdan chog‘roq xonaga yo‘l oldi. Bu xonani mehmonxona ma’muriyati kutubxona deb
atardi. Ikkita oromkursining changini qoqib tashlab, ularni stolga yaqin surdi, stol ustidagi kitoblarni
olib tashlab, chizmalarni yoydi.
— Nahotki, biz yana uyning tayanch devorlari haqidagi masalani muhokama qilamiz? Xo‘sh, men
o‘zimning yangi xonamda nima qilaman? — so‘radi Palmer. — Agar shunday bo‘lsa unda men...
— Bu masalani men bugun hal qildim. Soat ikkida hammasi hal qilingan edi, — keskin bo‘ldi uning
so‘zini Edis. — Ertaga sening xonangni suvoq qilishadi.
— Yaxshi. Xo‘sh, bugun kechqurungi kun tartibi qanaqa?
Edis stollardan biriga ohista o‘tirib, chizmalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. G’amgin bir narsani
ko‘rganday lablari burishdi.
— Vuds, — dedi Edis, — bu yoqqa o‘tir-chi.
U o‘tirdi va finjonni likopchasi bilan chizmaning ustiga qo‘ydi.
— Men kulgili siymo emasman, — dedi u, — va menga bunday muomala qilishlarini istamayman.
— Nega endi sen?..
— Men kulgi bo‘lish qanaqaligini yaxshi bilaman, — davom etdi u Palmerning so‘zini bo‘lib. — Hali
o‘smirligimdayoq buni boshimdan o‘tkazganman. Men o‘z tengqurlarim orasida uzunoyoq naynov
edim. Lekin jamoatchilik orasida paydo bo‘lganimning birinchi yiliyoq mening ustimdan kulmay
qo‘yishdi. Va men o‘zimga bunday muomala qilishlariga qat’iyan qarshiman.
— Men umuman seni kulgili deb hisoblamayman, — ishontirdi uni Palmer.
— Sening kun tartibi to‘g‘risidagi zaharxanda tanbehing-chi? Meni tushunmadi deb o‘ylama.
Tashkiliy ishlarim senga yoqmayotganini men yaxshi tushunib turibman. Lekin buni men qilmasam,
o‘zing shug‘ullanishingga to‘g‘ri keladi va bu senga yoqmasligi turgan gap. Men sen uchun biror narsa
qilayapmanmi, bari senga ma’qul emas, to‘g‘rimi?
— Ha, quvnoq emas, faqat bir shart bilan: agar men chindan ham seni shunday ahvolga qo‘ygan
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |