www.ziyouz.com kutubxonasi
76
— Ma’ruzalarni butun bir guruh tayyorlaydi.
— Kimlar? — hayron bo‘ldi Edis.
— Kimlar? — xuddi aks-sadoday qaytardi Palmer. — Bank xizmatchilari, Bernsning xodimlari,
ularning ko‘pini o‘zim ham bilmayman.
O’zining bunday tan olishi yaxshilikka olib bormasligini his etgan Palmer o‘rnidan turib, eshikka
qarab yurarkan:
— Sening besh yoki o‘n daqiqang tugadi, Edis. — dedi.
— Ha, bilaman. — U eridan ko‘z uzmasdi. — Vuds!
— Ha!
— Menga ayt-chi, nutqingni o‘zing yozmasang, bankda kun bo‘yi nima qilasan?
Xotinining hujumga o‘tishini sezib, Palmer birinchi bo‘lib zarba berishga shaylandi.
— Iy-e, namuncha ahmoqona savol? — to‘ng‘illadi u.
— Ha, albatta. Axir o‘zing hech narsa gapirmay meni noqulay ahvolga solayapsan.
— Seni shunga majbur qildimmi?
— Mana bu ishlaydigan xonang singari, — dedi Edis. — Juda ahmoqona ish bo‘ldi, shundaymasmi?
Agar mening o‘rnimda me’mor yoki bezakchi bo‘lganida, ularga hammasini tushuntirishni o‘z burching
deb bilarding. Ehtimol, uyni qayta qurish bilan bog‘liq ishlarga men aralashmasam-u, buni
mutaxassislar qilsalar senga yaxshiroq bo‘lar? Balki ular uchun vaqt toparsan, axir menga vaqt
ajratolmayapsan, mutaxassislarga ko‘rsatmalar berarsan. Keyin men ulardan so‘rab olarman. Hech
bo‘lmasa men shu tariqa bilardimki, sen... — Edis birdan to‘xtab qoldi, yana qandaydir so‘zlarni aytib
yubormaslik uchun pastki labini tishladi...
So‘ng yana chizmalar ustiga engashdi.
— Pastda seni mashina kutayapti, — dedi Edis, muloyim ohangda. — Coat yigirmata kam to‘qqiz
bo‘ldi.
— Ha-ya, — dedi o‘rnidan jilib Palmer, — Menga qara, afsuski, seni xafa qilib qo‘ydim. Lekin
savoling ham juda bema’ni edi-da, jin ursin.
— Qaysi savolim?
— Mening kun bo‘yi ishda bandligim haqidagi-da...
— Sening juda ko‘p ishlayotganingga shubha qilmayman, — dedi Edis yana o‘sha muloyim tovush
bilan. — Men bunday qilmasligim kerak edi, bu adolatdanmas.
— Yo‘g‘e, nima deyapsan, juda adolatdan-da, — dedi u alamli tovushda va eshikka burildi. — Men
tushlikdan so‘ng senga sim qoqib, men uchun bugunga nimalar belgilanganidan xabardor qilaman.
— Esingdan chiqmasin, bugun biz Gremlarnikida ovqatlanamiz, — eslatdi Edis, eri xonadan
chiqayotganda.
— Yaxshi.
— Vuds! — chaqirdi Edis uni orqasidan.
— Nima? — u ostonada to‘xtadi.
— Yaxshilab o‘ylab olgach, bankda nima ish qilayotganingni menga tushuntirib berarsan.
Palmer eshikni qarsillatib yopdi. U bunchalik qattiq yopishni istamagandi. Mehmonxona
xizmatchilari e’tiborini tortmaslik uchun, albatta. Lekin shu darajada qattiqki, Edis tushunib olsin, bu
safar qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarishiga sal qoldi.
O’n oltinchi bob
Palmer o‘z xonasining ulkan oynasi oldida turib, Sentral-parkdagi daraxtlarning qo‘ng‘ir va qizil
barglarini tomosha qilardi. O’zgarish eng so‘nggi kunlarda yuz berdi. Yaqindagina quyosh nurlari
ostida yashnab turgan yashil yaproqlar bir kechaning o‘zida so‘ldi.
Interkomning bo‘g‘iq ovozi jiringladi va Palmer kattakon xonaning qarshi burchagida turgan stolga
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |