Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
ko‘pik toshib, uning qop-qora suvga urilgan tumshug‘i uzra qalpoqday osilib qolardi. 
Miyig‘ida kulib, Palmer kutishga toqati yo‘qligidan o‘zi bilan Virjiniya butun dunyoga, tezda lazzat 
olish va o‘z ochligini tezroq qondirish uchun o‘zini sarf qilib yuboradigan millionlab odamlarga 
o‘xshatdi. 
Eshikning ohista tiqillagani eshitildi. Bir marta, keyin yana bir marta. Palmer ko‘zini ochdi va 
o‘girildi. Vujudini sababsiz g‘azab chulg‘agan edi. Qandaydir yaramas, qandaydir jonga teguvchi 
yaramas maxluq uning rejalarini buzishga, chalkashtirishga, tashvishga solishga qasd qilgan. 
Qandaydir yugurdakmi, dorbonmi bo‘lsa kerak... Yoki Bernsmikin? 
Palmerning lablari qimtildi. Agar bu Berns bo‘lsa, Virjiniyaga telefonda nima deb javob beradi? 
Qo‘ng‘iroqqa Berns javob qiladi. Juvon uning ovozini tanib, hech nima demay go‘shakni ilib 
qo‘yarmikan? Kechroq telefon qilarmikan? Yoki oqshom butunlay rasvo bo‘larmikan? 
Palmer eshik oldiga keldi. 
— Kim? 
Qandaydir ming‘irlagan, juda past va ma’nosiz ming‘irlagan ovoz keldi. Yigit asabiy basharasini 
tirishtirdi, qulfni paypasladi va eshikni ochdi. U yerda Virjiniya turardi. 
 
Ellik birinchi bob 
 
Palmer biroz uyqusirab yotdi. Virjiniya uning yonida jim yotar edi. Juvon salgina qimirlagan edi, 
yigit darhol uyg‘ondi. Yigit qimir etmay yotar, ko‘zlari yumuq, bir tekis va chuqur-chuqur nafas olardi. 
Juvon yana bir qimirlab qo‘lini o‘zining ustidan yurgazib o‘tganida ham u qimir etmay yotaverdi. Nima 
uchun bunday qilayotganiga o‘zining ham aqli yetmayotgandi. 
Birmuncha muddat o‘tgach, u chaqmoqtoshning qisqagina shirq etgan ovozini eshitdi. So‘ng 
sigareta tutuni hidi dimog‘iga urildi. 
— Uyg‘ondingmi? — juda past ovozda shivirladi juvon. 
Palmer sekin va chuqur-chuqur nafas olardi. Tezda juvon ehtiyotkorlik bilan to‘shakdan turdi. 
Palmer uning nafas chiqarganini eshitdi, aftidan sigareta tutunini pufladi. Yigit ko‘zini ochdi va atigi 
bir-ikki metr naridagi juvonning tanasini tomosha qila boshladi. Juvon pardani surib, ko‘chadagi 
nimagadir qaramoqda edi. Mehmonxona bo‘lmaga qarab ochilgan eshik orqali tushayotgan tarqoq 
nur soya tushirmasdan juvonning dumbalari oralig‘idagi birgina chuqurlikdan tashqari badanining 
hamma joyini yoritib turardi. 
Xonadan tashqaridagi nimagadir mahliyo bo‘lgan va uni kuzatib turgan nigohni sezmagan holda 
juvon mutlaqo boshqacha ko‘rinardi. Nega shunday ekan-a? 
Balki, deb o‘yladi Palmer, men uni tinch holatda umuman kam ko‘rganimdandir. Hatto u o‘tirgan 
vaqtda ham — yozuv stolida, masalan, — yigit uni tinch holatda turibdi deb ayta olmasdi. Undagi 
nimadir, ehtimol ko‘zlarining harakatimi yoki ovozimi, yigitga alayna-oshkor juvon — harakatda deb 
aytib turganday bo‘ladi. Juvonga nisbatan esa bu qariyb har doim haqqoniy bo‘lar edi, degan 
to‘xtamga keldi u. Juvonda qandaydir jo‘shqin zo‘riqish aks etib turardi. 
Ayni damda men uning ko‘zlarini ko‘rmayapman, o‘yladi Palmer, bundan tashqari uni uyg‘otib 
yubormaslik uchun juvon nafasini ichiga yutgan. U juvonni uydagi o‘z xonasida qanday bo‘lsa, 
shunday ko‘rib turardi — bir tirsagi bilan deraza yonidagi devorga suyangan, gavdasi og‘irligini bir 
oyog‘iga solgan, ikkinchi oyog‘i tizzasidan erkin bukilgan. Yigit uning oyog‘i kaftini, ustini, xiyol 
dag‘allashgan tovonini tomosha qildi. Hatto butun tana vaznini ko‘tarib turgan to‘pig‘i judayam 
ingichkaligini yigit birinchi marta ko‘rib turishi edi. 
Juvon asta xo‘rsinib qo‘ydi va Palmer bu tovush sirini bilishga harakat qildi. Unda, deb o‘yladi yigit, 
his etilgan qoniqish ham, tanho va tinchlikda qolmaslik xohishi ham bor. Bordi-yu, ular o‘rtasida 
qandaydir umumiylik bo‘lsa, bu hammadan ham zo‘riqishdan birato‘la xalos bo‘lishga va barcha 
xayollarni itqitib tashlashga noqobillik edi. 
Ehtimol, o‘yladi Palmer, bu aql borligining badbaxt natijasidir. U yotar ekan, ko‘zlari juvonning 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish