www.ziyouz.com kutubxonasi
211
Palmer boshini ko‘tarib qaradi va Edis kichkina sharob stakanini maydalangan muz ustiga
qo‘yayotganini ko‘rdi. Hozir u drambun yoki benediktin quyadi-da, sovutib ichadi.
— Menga ham tayyorlab ber, — iltimos qildi u.
— Hozir.
— Gaplaringga qaraganda, — davom etdi u, — bugun zerikarli bo‘ldimi?
— Zerikarlimi? Bilmadim. Balki bunga xonamiz sababchidir?
Palmer bosh chayqadi.
— O’zlari aybdor. Hammasidan oldin men. Sen Jeyn bilan eridan boshqa hech kimni tanimas eding.
Men esa bilardim. Tushlik ko‘ngildagidek o‘tdi. Berkxardt ish yuzasidan gaplashib olaylik deb meni
deraza yoniga chorlagandan keyin sovuqchilik boshlandi.
— Nimani muhokama qildinglar o‘zi? — so‘radi u muz ustiga yana bitta stakan qo‘yaturib. — Ish
yuzasidan suhbatdan ko‘ra falsafiy bahsga o‘xshab tuyuldi.
— Menimcha, — dedi Palmer stakanlar qanday to‘ldirilayotganini kuzatar ekan, — ayni shu narsa
bu qari kalxatga yoqmadi. Falsafiy bahslarga uning toqati yo‘q.
— Chamamda u seni qoloq odam deb hisoblasa kerak.
— U meni zamon bilan birga yurolmaysan, deb ayblaydi.
Bir muddat jim qolishdi. Ularning uyidan ancha uzoqlikdagi cherkov qo‘ng‘irog‘i o‘n ikki marta bong
urdi.
— Haliyam sovumadimi? — so‘radi Palmer.
Edis bosh chayqadi.
— Men biladigan bankirlar ichida, — dedi u, — faqat seni qoloqlikda ayblab bo‘lmaydi. Qachondan
beri zamondan orqada qolib ketding?
— O, bu juda murakkab, chalkash masala, chamasi, buning javobi, mening taxminimcha, ellik
yillardan keyin aniqlansa kerak. Bundan tashqari, bu muammo batamom akademik tadqiqotlar
doirasida qoladi, chunki e’tirozlarimga mutlaqo e’tibor berishmayapti.
— Shamol tegirmoni bilan jang qilishyaptimi?
U bar oldidagi baland o‘rindiqqa o‘tirdi.
— Bu borada kim bilan gaplashgan bo‘lsam, hammasi sen nohaqsan deyishmoqda. — U muz
solingan idishga ko‘z tashladi. Qirov bosgan stakanchalar ham unga qarab turishgandek tuyular edi.
— O’zing ham ishonmaysan-ku.
— Haqligimga to‘la ishonaman. — U istehzo bilan jilmaydi. — Balki amaliy jihatdan nohaq bo‘lishim
mumkin. Nari borganda, men bu yil yoki keyingi yil hisobiga adashayotgandirman.
— Bemalol gaplashib olishni xohlaysanmi? Yoki hammasi tugagandan keyin nima gap bo‘lganini
aytib berasanmi?
— Qari Berkxardtdan eshitgansan deb o‘ylagandim?
Uning ovozi xonaning barcha burchaklariga tarqalib ketgandek tuyuldi.
— Men boshqalar bilan halol gaplashganman.
— Mayli. Gap cheklanmagan iste’mol qarzlari ustida ketmoqda. — U xo‘rsindi. — Sovib bo‘ldimikin?
Edis bir stakanni olib, Palmerga uzatdi:
— Iliq drambun ichishni xohlasang...
Palmer ozgina ichib, liker sovib bo‘lgan deb hisobladi.
— Ko‘ryapsanmi? — deb gap boshladi u, — vaqti kelib, hamma qarzdorlar qarzini to‘lab bitiradi —
bu amalga oshmaydigan narsa; yoki iqtisod shishirilgan shardek yorilib ketadi. Qarz to‘lash muddatlari
qattiq siqib qo‘yilgan, berilgan qarzlar naqd pul bilan qoplanmagan, vaqti kelib fabrikachilar ko‘tara
savdo firmalaridan haq talab qilishga majbur bo‘ladi, ular esa mayda savdogarlardan talab qiladi,
bunisi ichte’molchilarni qisadi.
— Nahotki iste’molchilar to‘lashga qodir bo‘lmasa?
— Ular qarz muddati uzaytirilgan fabrikachilarga qarashli korxonalarda xizmat qiladilar, sog‘lom aql
egasi bunday sharoitda zarur mollarni ishlab chiqarishga qodir emas. Ular ishlab chiqarishni
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |