www.ziyouz.com kutubxonasi
202
Menga zarurmidi shu narsalar? Rosti bilan, nimani xohlayman o‘zi? Shunga qaramay...
Qisqa jimlik cho‘kdi. Palmer kulimsiradi:
— Ayt-chi, nima gap o‘zi?
— Bilasanmi, nimaga qaror qildim. Bu menga hech qachon yaxshilik olib kelmasligini bilaman.
Lekin bu menga kerak! Xuddi shunday! Yaxshi emas, ammo kerak! Mantiqsizlik-a?
— Hech qanday mantiqning keragi yo‘q.
— Albatta. YAna bir marta shunday quchoqla, marhamat.
— Shundaymi?
— Ha.
— Nega jim bo‘lib qolding? — oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Palmer gap qotdi.
— Ko‘lni qara, — ayol uning qo‘lidan ushlab, deraza yoniga olib keldi. Daraxtlardagi bayram
chiroqlari o‘chirilgan. Oyning ojiz yorug‘ida daraxtlarning suvdagi aksi afsonaviy bir ko‘rinish zohir
etgandi.
Palmer uning xalati bog‘ichini yechib, silliq, yumshoq qornini silashga tushdi. Tashqarida issiq
shamol turdi, ammo deraza oynalari sovuq edi... Palmer Virjiniyani deraza tagidan bir necha qadam
beriga olib keldi. Kaftlari bilan yalang‘och ko‘kragini ushladi va uning siynasi uchlari bo‘rtib,
qattiqlashib borayotganini his qildi. Ayol nimalardir deb pichirladi va uni xonada osilgan parda tarafga
qarab tortdi. Nur o‘tkazmaydigan parda surildi va ko‘lni, daraxtlarni, tirqishlardan kirayotgan kuchsiz
shamol yo‘lini to‘sib qo‘ydi. YOqimli harorat badanini chulg‘ab oldi. Palmer bir qo‘li bilan Virjiniyaning
qo‘ltig‘idan, ikkinchi qo‘li bilan tizzasi ostidan ushlab, yerdan ko‘tardi va uning ko‘kraklari o‘rtasidagi
chuqur joyga yuzini qo‘ydi. Virjiniya yengillashib qolgandek tuyuldi.
— Umrimda men ko‘rgan to‘shaklarning eng kattasi shundoq to‘g‘rimizda, ochiq deraza orqasida,
— deb qulog‘iga shivirladi Virjiniya.
Palmer uni o‘sha xonaga olib chiqdi...
Qirqinchi bob
Avvaliga Palmerga noma’lum sabablarga ko‘ra Vik Kalxeynning idorasi shahar markazidagi kichkina
mehmonxonadagi ko‘rimsiz bir xonaga joylashgandi. Uning huquqiy idoralari Nyu-Yorkdagi
ishbilarmonlar mahallasida, Broud-stritda bo‘lib, u yerga haftada bir martadan ortiq bormasdi. Siyosiy
qarorgohi esa Sharqiy bir yuz o‘n oltinchi ko‘chada o‘zi yashaydigan binoda joylashgan edi. Kalxeynga
qarashli bu xonadonni bir vaqtlar — asr boshida yirik partiya rahnamolaridan bo‘lgan otasi
egallagandi. Biroq Palmerning bilishicha, Kalxeynni ko‘proq mehmonxonadagi manzilidan topish
mumkin edi. U siyosat bilan ham, huquqshunoslik amaliyoti bilan ham deyarli qiziqmasdi.
Berns bir gal unga vaziyatni tushuntirishga uringan, lekin foydasi bo‘lmagandi.
— Bularning hammasi rejalashtirilgan o‘yin, — dedi Berns. — Ishbilarmonlar mahallasi Kalxeyn
mijozlariga huquqshunos sifatida, yashaydigan joyida esa saylovchilariga xizmat qiladi. U bu ikki
toifani aralashtirib yubormaydi, tushunasizlarmi? Shahar markazidagi idorasi esa ana shu tarzda
puxta ish yuritishga imkon beradi.
Palmer biroz bosh qotirib, Berns nimani nazarda tutayotganini angladi: Kalxeyn, chamasi, bu
mehmonxonada siyosiy tijorat bilan shug‘ullanadi...
Bayramdan ikki kun o‘tgach, Kalxeynning xonasiga zinalardan ko‘tarilib borayotganda Palmer
shubhasi o‘rinli ekanligini angladi. Hatto uning xonasiga boriladigan yo‘lak ham turli-tuman
qiyofadagi, sabr-toqati yuzidan sezilib turgan odamlarga to‘la edi. Palmer ularning yonidan
o‘tayotganda bu odamlar xavotir bilan qaradilar. Parmerning xayolida ular “Bu kim bo‘ldi? Siyosiy
arbobmi? Uni tanimaymiz. U kimni taniydi? Bu yerda nima qilib yuribdi?” —deyishayotganga
o‘xshaydi. Palmer ochiq turgan eshikdan qarab navbat kutib tik turgan yoki o‘tirgan o‘n ikkitacha
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |