www.ziyouz.com kutubxonasi
193
Bernsning uzunchoq yuzi tabassumdan yorishib, pastki lablari rohatlanganidan yoyilib ketdi.
— Men bankir emasman, yo‘q. Gapimga ishonaver, bolakay, buni bilaman. Biroq men ahmoq ham
emasman. Moliyaviy masalalarni senga qoldiraman.
Palmer o‘girilib, unga tik qaradi.
— Shuning uchun keldimmi? Qarz haqida gapirish uchun-a?
Bernsning uzun, ozg‘in qo‘llari Palmerga cho‘zildi, u oliftalik bilan inkor ma’nosini bildirdi.
— Vudi, azizim, seni hech qachon bunaqa vaziyatda tashlab qo‘ymayman. O’ylab ko‘r, Mak
Bernsning qarz haqidagi shamalariga kim ham ishonardi? Biroq Mak Berns bilan Vudi Palmer Olbanida
birga yurishsa — ishonishadi. Shubhalar hatto million yilda ham amalga oshmasligi mumkin, biroq
ularga ishonishadi. Senga orzular ichida yashaganimni aytdim, Vudi.
— Boya aytganimdek, Mak, aynan shuning uchun ham sen hech qachon bankir bo‘lolmaysan.
Berns biroz jim qoldi.
— Rahmat, — dedi nihoyat.
— Sen bu gapni maqtov deb tushunmasliging kerak.
— Bunga emas, imlo xatoimni to‘g‘rilaganing uchun rahmat.
— Qanaqa xato?
— Mug‘ambirlik qilma, Vudi, “Men shunday dedim”ni sen “Men aytganimdek” deb to‘g‘rilading. Men
aytganimdek. Vudi, men ahmoq emasman. Shamang uchun rahmat.
— Bu hatto xayolimda ham yo‘q edi. Endi kimdan ko‘proq jahli chiqyapti?
Bernsning sarg‘imtil — qo‘ng‘ir ko‘zlarida o‘zgarish ko‘rinmas, ular xotirjam boqardi. Keyin bu
ko‘zlarda masxaraomuz istehzo paydo bo‘ldi.
— Kechir, qariya, — dedi u. — Seni yaxshiroq bilib olganimdan keyin dastlab nimalarni
o‘ylaganimni gapirib beraman. — U ko‘kragiga urdi. — Ichim-dagi gaplarni...
Palmer bo‘yinbog‘ini ko‘ngildagidek qilib bog‘ladi. Kutilmaganda xayoliga: Bernsning xonadonida
tushirib yuborgan to‘g‘nog‘ichimni Virjiniya emas, u topib olganda, nima bo‘lardi? — degan fikr keldi.
U xayollarini ma’lum bir yo‘nalishga solayotgandek, boshini silkitdi.
— Nima bo‘lganda ham menda sen qadrlaydigan ayrim ma’lumotlar bor, — dedi u.
Bernsning yuzida yana befarqlik alomati zohir bo‘ldi.
— Ha?
— Birja ma’lumotlari. Xohlaysanmi?
Berns kinoyali kulimsiradi.
— Xohlagan paytingda, azizim.
— Ular senga kulgili ko‘rinadi, — gap boshladi Palmer. — Balki “kulgili” deganim o‘rinli emas,
siyqasi chiqqan gapdir. Men YuBTKning aktsiyalari haqida gapiryapman.
Berns kulib yubordi:
— Mana buni yangilik desa bo‘ladi. Ular bir oydan buyon ko‘tarilyapti.
— Biroq juda sekin.
— Sen katta sakrashni ko‘zda tutayapsanmi?
— U boshlansa YuBTK aktsiyalari ikki kunda 10 bandga ko‘tariladi.
Bernsning qoshlari tutashdi.
— Nima uchun?
— Hech qanday izohga o‘rin yo‘q. Shunchaki, ma’lumot.
— Yaxshi. Qachon?
— Bu — men aniq aytolmaydigan yagona narsa.
— Aniq bilmasliging g‘alati.
— Agar bu sakrashni qandaydir yo‘l bilan yakka o‘zim tayyorlaganimda, — tushuntirdi Palmer, —
senga “qachon”ligini hozir lo‘nda qilib aytib berardim. Biroq bu menga ham, YuBTK dagilarning
birortasiga ham bog‘liq emas.
Berns oromkursidan oldinga qarab engashdi:
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |