Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
Bo‘lmagan gap, o‘yladi u. Nafsilamrini aytganda, men boshqa odamman. Virjiniya nohaq. Sovuq 
odam o‘lmagan. Hammasini boshqa qaynoq odam qildi, ammo o‘sha qaynoq odam aslida men emas. 
U labbo‘yoq dog‘i qanday paydo bo‘lib, qanday yo‘qolayotganini kuzatar ekan, qo‘lida qadahni asta 
aylantirdi. 
“Seni nima deb chaqiray? — so‘radi u. — Ishda-ku o‘zim bilaman. Ammo bu yerda nima dey?” 
Bu yerda nima deydi? Ularning bu yerga yana kelishlari mumkinligini o‘ylashga nima izn berdi? 
Sovuq odam nima qilishi mumkinligini juvon tasavvur ham qilolmaydi. Har narsa qila oladi. Ishdan 
hayday oladi. Har narsa qila oladi. Undan qutulish, bo‘lgan gaplarni xotiradan o‘chirish unga qiyin 
emas. Tasodifiy hodisadan, sof jismoniy aloqadan, shunchaki bilib-bilmay qilingan yaqinlikdan 
tashqari, pirovardida, bu nima bo‘lishi mumkin? 
Qadahni aylantirar ekan, Palmer yorqin izning qayta-qayta paydo bo‘layotganini kuzatdi. Qadahni 
biroz ko‘tarib va sinchiklab o‘rganarkan, u g‘oyatda zaif xushbo‘y hidni, juvon atirining, uning 
labbo‘yog‘ining qorishiq iforini tuydi. U qadahni burniga olib keldi-da, havoni asta va chuqur ichiga 
tortdi. Birdan o‘zi kutmagan holda qadahning qirrasini tili bilan yalayotganini his etdi. U ko‘zlarini 
yumdi-da, o‘zini o‘rindiq suyanchig‘iga tashladi. 
U endigina yorqin eslagan iliqlik, ha, iliqlik uning vujudini yayratmoqda edi. Tilidagi juvon 
labbo‘yog‘ining ta’mi tomog‘ini ehtirosli ishtiyoq ila kuydira boshlagandi. Uzoqdan avtomashina 
tezligining almashgandagi ovozi qulog‘iga chalindi. U istamaygina ko‘zlarini ochdi-da, qadahni stolga 
qo‘ydi. Uydan shoshib chiqar ekan, u tilining uchini tanglayiga qattiq surdi. 
Palmer liftdan eng pastki qavatga tushdi va bir-biriga ulanib ketgan yo‘laklarni oralab o‘tib 
xizmatchi eshikka yetib keldi. 
Yana ko‘p martalab foydalanishni bilib, u qaysi yo‘laklardan o‘tib kelganini esida saqlab qolishga 
harakat  qildi. 
 
 
Yigirma to‘qqizinchi bob
 
 
Palmer o‘z mehmonxonasi yonida taksidan tushdi va shveytsarga e’tibor bermasdan tezgina 
mo‘‘jaz vestibyuldan lift tomonga o‘tdi. O’zlarining bu muvaqqat oshiyonlariga ko‘chib o‘tgan dastlabki 
kundanoq u Palmerga yoqmagandi, Lift oldida eshik ustidagi so‘nggi qavatning yoyi bo‘ylab asta 
harakat qilayotgan milni kuzatib turar ekan, u bu la’nati mehmonxonaga nisbatan yuragida nafrat  
hissini tuydi. Bu o‘zining ko‘hnaligi, boshqalardan ajralib qolganligini, hayotdagidan ko‘ra bu yerda 
ko‘proq bo‘lgan mungli jigarrang tusi bilan bosib turuvchi tangu tor xona edi. 
Hozir ham bu yaramas liftning yuqoriga ahmoqona qatnovini nihoyasiga yetkazishini betoqat kutar 
ekan, uni yashashga majbur etishgan bu didsiz, kulgili, beso‘naqay binoga nisbatan alohida adovat 
hissini sezib turardi. U bu yerda istiqomat qiluvchi chollarni yomon ko‘rardi va xizmat qiluvchi 
xodimlarning malaylarcha surbetliklariga nisbatan ko‘nglida chuqur nafrat tuyadi. U qariyb shu 
narsaga amin ediki, yo‘lka chekkasiga kelib to‘xtagan taksini ko‘rib, shveytsar o‘sha zahoti keraksiz 
topshiriq bilan liftchini yuqoriga jo‘natib yuborgan. 
Qavatlarni ko‘rsatguvchi mil yuqorigi “12” raqamiga yetganini, chayqalganini va ehtimol, butunlay 
to‘xtaganini Palmer kuzatib turardi va bu uning jonini chiqarmay qo‘ymasdi. To‘g‘ri, boshqa lift ham 
bor edi, biroq, odatda, u vestibyul qavatda ochiq, bo‘m-bo‘sh va qop-qorong‘i bo‘lib turaverardi. 
Palmer liftdan teskari o‘girildi-da, yuzaga kelgan vaziyatga mutlaqo beparvodek ko‘rinishga harakat 
qildi, chunki xizmatchilarning barchasi bundan maza qilish niyatida ko‘zlarini uzmay qarab turishardi. 
Soatiga qarab yubormaslik uchun u sigareta olishga qo‘lini cho‘ntagiga suqdi, biroq bitta  ham 
sigareta qolmabdi. Ko‘zining qiri bilan qarab, u mil yana qimirlaganini va yoy bo‘ylab yana iziga 
qaytayotganini ko‘rdi.  
Demak, qulay payt keldi, birdan fikri yorishdi Palmerning. Tutilib qolganidan minnatdor bo‘lish 
o‘rniga  u uning yaqinlashib kelishiga intiq edi. Endi esa, bu narsa sodir bo‘lay-bo‘lay deb turgandi, 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish