www.ziyouz.com kutubxonasi
141
— Bunga sabab ko‘p.
U juvonga qaradi va haddan tashqari ichkari yotganidan Virjiniyaning boshi uning boshidan baland
bo‘lib qolibdi. U juvonning bir ko‘tarilib, bir tushayotgan siynasiga qaradi. Jigarrang-pushti tusli
mammachalari bilinar-bilinmas titradi. U asta qo‘lini cho‘zdi va mammachalardan birini ushladi.
Mammacha shishib, uning qo‘liga qadaldi.
— Biz har doim xayol surishni keyinga tashlab qo‘yaversak bo‘ladi, — dedi juvon.
Yigit keskin harakat bilan kaftini uning siynalariga bosdi va ularning yoqimli ilig‘ini avval kaftlarida,
so‘ng barmoqlarida his etdi. Juvon unga tomon surildi.
— Sovuq odam o‘lgan, issiq odam emas, — erkakning qulog‘iga shivirladi u.
Palmerning qo‘llari juvon badani bo‘ylab sirg‘aldi va og‘zi bilan yutoqib nafas oldi, so‘ng u yana
juvon badanining huzurbaxsh ummoniga g‘arq bo‘la boshladi.
Yigirma sakkizinchi bob
Palmer uyg‘onganida soatning yaltiroq millari 9.30 ni ko‘rsatib turardi. U Virjiniyani ushlamoqchi
bo‘lib o‘girildi, biroq yonida hech kim yo‘q edi.
To‘shakda o‘tirib olib, u qop-qorong‘i xonaga ko‘z yugurtirdi. Shu payt uyning allaqaeridan
dushning ochilgan ovozi qulog‘iga chalindi; bir daqiqadan keyin surilma eshik qattiq sharaqladi;
sharaqlagan ovoziga qaraganda, bu dushxona eshigi edi. U oyoqlarini karavot qirrasidan oshirib otdi-
da, o‘rnidan turdi. Biroq o‘sha zahoti yana o‘tirib oldi.
Miyig‘ida kulib, u yana ko‘tarila boshladi, bu safar ancha sekin, son va yelka mushaklarini yengil,
uzoq og‘riq qamrab olganini his qilib turardi. Ishtonini qidirib, u u yoq-bu yoqqa qaradi, qarasa u qora
kombinatsiyasi ichida ekan, kiyib oldi. So‘ng oyoq yalang mehmonxona bo‘lmasidan yurib o‘tdi-da,
hammomxonani qidirib topib, eshikni chertdi.
— Yaxshi holatdamisan?
— Har doimgiday.
Palmer eshikni ochdi va artinayotgan juvonning badaniga mahliyo bo‘lgancha to‘xtadi. Yotoqxona
bo‘lmasidan tushib turgan g‘ira-shira yorug‘da u g‘oyatda nafis va yumshoq ko‘rinardi — ravon qaddi-
qomat, maftunkor siyna va sonlar. Bu yerdagi kunduz chiroqlari yog‘dusida juvonning ingichka
qobirg‘a izlari, yelka va boldir mushaklari alohida nafosat ila ko‘zga tashlanardi.
— Nigohingni shisha ichiga yashirib qo‘ymoqchi edim, — dedi juvon bir lahza artinishdan to‘xtab.
— Men bu shishani menga ma’naviy ko‘mak kerak bo‘lgan hollardagina ochishni istar edim.
— Mening ko‘nglimda hech qanday ma’naviylik yo‘k.
— Hamma gap shunda. — Juvon oyoqlarini artib bo‘ldi-da, qaddini rostladi. — So‘ragani biroz kech
qoldim-u, — davom etdi u, — ammo men senga yoqaman, shekilli.
— Ha.
Juvonning ko‘zlari katta-katta ochildi:
— Tap tortmay aytayapsanmi?
Palmer xo‘mraydi:
— Zaharxandalikni qo‘y. Busiz ham bugun sen menga juda ko‘p narsa qilding.
Go‘yo yigitning gaplarini yaxshilab eshitib olmoqchiday juvon boshini xiyol egdi.
— Men esa seni doim men uchun qilasan deb o‘ylab yurardim.
— Ha, bilasanmi, — gap boshladi Palmer, — sening hayotingda dastlabki qulay payt topildi
deguncha o‘zini oyog‘ingga tashlashga tayyor o‘n-o‘n beshtasi uchrasa ehtimol...
— Men haqimda shuncha narsani qayoqdan bilasan? — Uning gapini bo‘ldi juvon, — hayotimda
o‘n-o‘n beshtasi uchrashini?
— Men bilmayman, ammo sen ajoyibsan.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |