Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-mavzu.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

8-mavzu.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va 
tovarlarni  shtrixli kodlash. 
 
8.1. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablar. 
8.2. Xizmatlarni standartlashtirish 
8.3.  Mahsulot  standartlashtirish  hamda  sertifikatlash  va  ularning  kontrafakt 
mahsulot bilan kurashishdagi roli 
8.4. SHtrixli kodlash 
8.5. Standartlashtirish va ekologiya 
 
8.1.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan 
 qo’yiladigan talablar 
 
Standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlash  ko’p  qirrali  tijorat  faoliyatining  muhim 
jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta’minlash vositalari hisoblanadi. 
Standart – bu ular bilan boshqa shunga o’xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun asos sifatida 
qabul  qilinadigan  namuna,  etalon,  modelь.  Normativ-texnik  hujjat  sifatida  standart  normalar, 
qoidalar  va  standartlashtirish  ob’ektiga  nisbatan  qo’yiladigan  talablar  majmuini  belgilaydi  va 
vakolatli organ tomonidan tasdiq lanadi. 
Standart moddiy buyumlar (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari), normalar, qoidalar 
va turli talablar uchun ishlab chiqiladi. 
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni 
belgilab beruvchi normativ-texnik hujjatlarning quyidagi toifalari belgilangan: 
• 
davlat standartlari (GOST); 
• 
tarmoq standartlari (TST); 
• 
respublikastandartlari (RST); 
• 
korxonalar standartlari (KST); 
• 
jamoat birlashmalari standartlari (JST); 


 
 
108 
• 
texnik shartlar (TSH); 
• 
xalqaro standartlar (ISO/MEK) 
• 
mintaqaviy standartlar; 
• 
davlatlararo standartlar; 
• 
milliy standartlar. 
Davlat  standartlari  (GOST)  tarmoqlararo  talab  etiladigan  mahsulot,  ishlar  va  xizmatlar 
uchun ishlab chiqiladi. Ushbu toifa standartlarini O’zR Davstandarti qabul qiladi. Standartlarda 
majburiy talablar ham, tavsiyaviy talablar ham o’z aksini topadi.  
Tarmoq  standartlari(TST)  muayyan  tarmoq  mahsulotlariga  nisbatan  ishlab  chiqiladi. 
Ularning  talablari  davlat  standartlarining  majburiy  talablariga,  shuningdek  tarmoq  uchun 
belgilangan 
xavfsizlik 
qoidalari 
va 
normalariga 
zid 
kelmasligi. 
Bunday 
standartlarnitarmoqstandartlarining  O’zR GOSTtalablariga mos kelishi uchun javobgar bo’lgan 
davlat boshqaruvi organlari (masalan, vazirliklar)qabul qiladi. 
Respublikastandartlari(RST)  Davstandart  va  mahsulotning  biriktirilgan  guruhlari 
bo’yicha  tegishli  yetakchi  vazirliklar  va  idoralarning  bilan  korxonalar  tomonidan  ishlab 
chiqariladigan mahsulotning alohida turlari uchun belgilanadi. 
RST  respublika  hududida  joylashgan,  ushbu  mahsulotni  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’mol 
qiluvchi barcha korxonalar uchun majburiy. 
Korxonalar  standartlari(KST)  korxonalarning  o’zlari  tomonidan  ishlab  chiqilib,  qabul 
qilinadi.  
Jamoat birlashmalari standartlari(ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, muhandislik jamiyatlari va 
b.).  Ushbu  normativhujjatlar  mahsulot,  jarayonlar  yoki  xizmatlarning  printsipial  yangi  turlari; 
sinovlar  o’tkazshning  ilg’or  usullari  hamda  ishlab  chiqarishni  boshqarishning  noan’anaviy 
texnologiyalari va usullari uchun ishlab chiqiladi. 
Standartlashtirish 
qoidalari(Q)vastandartlashtirish 
yuzasidan 
tavsiyalar(T) 
o’z 
xususiyatiga  ko’ra  uslubiy  mazmundagi  hujjatlarga  mos  keladi.  Ular  hujjatlar  normalarini 
muvofiqlashtirish,  qabul  qilingan  tarmoqlar,  jamoat  va  boshqa  tashkilotlar  standartlari 
to’g’risidagi axborotni O’zR Davstandartigataqdim etish,korxonada standartlashtirish xizmatini 
tashkil  etish  tartibiga,  GOST  majburiy  talablariga  amal  qilinishi  ustidan  davlat  nazoratini 
o’tkazish qoidalariga va tashkiliy xususdagi boshqa masalalargataalluqli bo’lishi mumkin. 
Texnik  shartlar  (TSH)  korxonalar  va  xo’jalik  faoliyatining  boshqa  sub’ektlari  tomonidan 
standartni  yaratish  maqsadga  muvofiq  bo’lmagan  hollarda  ishlab  chiqiladi.  Bir  marta  yetkazib 
beriladigan,  kichik  partiyalarda  ishlab  chiqiladigan  mahsulot  hamda  baddiy  hunarmandchilik 
asarlari TSH ob’ekti bo’lishi mumkin. 
Xalqaro  standartlar(ISO/MEK)  xalqaro  standartlashtirish  tashkilotlari  tomonidan 
savdodagi  texnik  to’siqlarni  olib  tashlash,  ya’ni  mahsulot,  xizmatlarga  nisbatan  qo’yiladigan 
talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqiladi. 
Agar  standart  xalqaro  standartlar  bilan  muvofiqlashtirilgan  bo’lsa,  u  bo’yicha 
mahsulotnisertifikatlash mumkin. 
Mintaqaviy standartlar mintaqaviy standartlashtirish organlari tomonidan ishlab chiqiladi. 
Masalan, YeOKK (Evropa sifatni nazorat qilish tashkiloti) ana shunday tashkilot hisoblanadi. 
Milliy 
standartlar 
milliy 
standartlashtirish 
organlari, 
masalan, 
O’zR 
Davstandartitomonidan ishlab chiqiladi. Milliy standartlar faqat O’zR hududida amal qiladi. 
Davlatlararo standartlarMDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun majburiy. 
Standartlar turlari. 
Standartlarning quyidagi turlari mavjud: 
• 
asosiy standartlar; 


 
 
109 
• 
mahsulot uchun standartlar; 
• 
ishlar va jarayonlar uchun standartlar; 
• 
sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlar; 
• 
texnik shartlar. 
Asosiy standartlar,o’z navbatida, quyidagi turlarga bo’linadi: 
• 
umumiy texnikaviy standartlar; 
• 
tashkiliy-uslubiy standartlar. 
Sifatni aniqlash, belgilash atamalari, sifat ko’rsatkichlarinomenklaturasini reglamentlovchi 
umumiy texnikaviy standartlar standartlashtirishob’ektining axborot nuqtai nazaridan mosligini, 
uning bir xil ma’noda tushunilishini ta’minlash funktsiyasini bajaradi.  
Mahsulot uchun standartlarmahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi va 
quyidagi turlarga bo’linadi: 
• 
umumiy texnik talablar standartlari; 
• 
umumiy texnik shartlar standartlari; 
• 
texnik shartlar standartlari. 
Umumiy texnik talablar va umumiy shartlar standartlarimahsulotni ishlab chiqish, ishlab 
chiqarish,  iste’mol  qilish  va  uning  muomalada  bo’lishi  (undan  foydalanish)  bo’yicha  bir  xil 
mahsulotlar guruhiga nisbatan qo’yiladigan har tomonlama talablar belgilaydi. 
Mahsulot 
parametrlari 
va 
(yoki) 
o’lchamlari,  xillari,  markalari,  sortamenti, 
konstruktsiyasini  reglamentlovchi  standartlar  mahsulotning  unifikatsiyasini  va  bir-birining 
o’rnini  bosa  olishnita’minlovchi  xil-o’lcham  va  parametr  qatorlariga  nisbatan  qo’yiladigan 
talablarni belgilaydi. 
Texnik  shartlar  standartlaribir  xil  mahsulotlar  guruhiga  nisbatan  emas,  balki  muayyan 
ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi. 
Ishlar  va  jarayonlar  uchun  standartlar  turli  xildagi  ishlar  va  jarayonlarni  o’tkazish 
qoidalarini  belgilaydi.  Ularning  asosiy  talabi  ushbu  ishlar  (jarayonlar)ni  amalga  oshirishda 
inson hayoti, salomatligi va mol-mulkining xavfsizliginita’minlashdan iborat. 
Sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlarsinovlar o’tkazish 
usullariga,  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  o’tkazishga,  mahsulotni  sertifikatlash  chog’idagi  sinovlarga 
nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi. 
Texnik shartlar – bu tarmoqqa bo’ysungan normativ hujjat bo’lib, ushbu mahsulot uchun 
GOSTni joriy etishda vaqtinchalik ahamiyatga ega. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish