104
Milliy nazorat xizmati bilan aloqani ta’minlash;
qabul qilingan IET partiyasining
sifati uchun javobgarlik;
nazorat o’lchash va sinov ishlarini xisobga olish, ularning natijalarini milliy nazorat
xizmatiga uzatish;
muvofiqlik belgisi bilan qabul qilingan maxsulotlar partiyasinining o’rash-joylash
ishlari
uchun javobgarlik;
chiqarilgan partiyalar sinovlarining protokollarini ifodalanishing to’riligi;
IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik.
Ishlab chiqaruvchi korxona, MEK sistemasi chegarasida sertifikat olgach, bosh
nazoratchining va milliy nazorat xizmatining ishtirokida maxsulot sifatini nazorat qilishni
tashkil etishi kerak. Har bir partiyaning qabul qilinish kriteriyasi mazkur IET tipiga nisbatan
texnik shartlar bo’yicha o’rnatiladi.
MEK Sistemasi qoidalariga muvofiqlik belgisi bilan o’raladi yoki ularga muvofiqlik
sertifikati tayyorlanadi. O’rash va muvofiqlik sertifikatining berilishi bosh nazoratchining
bevosita nazorati ostida beriladi. IET uzoq va vaqt saqlashdan keyin jo’natilsa, uni jo’natishdan
oldin takroran sinov ishlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi davlat qonunlariga muvofiq qayd etilgan muvofiqlik belgisi o’rash
uchun ishlatiladigan materialga yopishqoq lenta orqali tushiriladi. Muvofiqlik belgi yoniga
quyidagi ma’lumotlar qo’yiladi:
Milliy nazorat xizmatiga
Korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnoma;
Nazorat partiyasiga(ssыlka).
£abul qilingan IET partiyasi uchun berilgan muvofiqlik sertifikati quyidagi ma’lumotlarni
o’z ichiga oladi:
- korxonaning nomi va joylashgan o’rni;
- korxonaning savdo belgisi;
- katalog va kod bo’yicha buyumning to’liq nomi;
- nazorat partiyasining tartib raqami;
- mazkur buyum
tipi uchun texnikaviy shartlar;
- milliy nazorat xizmatining nomi;
- sertifikat bergan
vakolatli shaxsning imzosi;
- ishlab chiqaruvchi korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnomaning
tartib raqami;
- buyum qabul qilib olingan sana;
- sertifikat berilgan sana.
Sertifikatsiyalash bo’yicha juda katta ishlar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti)
chegarasida sertifikatsiya bo’yicha qo’mita (SERTIKO) boshchiligida amalga oshiriladi. Uning
faoliyat soxasi quyidagicha aniqlanadi:
milliy va regional sertifikatsiyalash
sistemalarini,
muvofiqlik belgilarini,
maxsulotning tavsifini yana kengroq, bir-birini tan olishga qaratilgan vositalarni o’rganish;
milliy yoki regional sertifikatsiyalash sistemalarini protektsionistik maqsadlarda
foydalanilishiga barxam berish yoki cheklash maqsadida tegishli kelishuvlarni tuzish
qoidalarini ishlab chiqish.
SERTIKO da quyidagi ishchi guruxlari tuzilgan:
o tushunchalar bo’yicha;
o sinov protokollari formasi bo’yicha;
o sinov laboratoriyalari tomonidan o’tkaziladigan malakali sinovlar bo’yicha;
105
o yuridik javobgarlik masalalari bo’yicha;
o ISOga muvofiqlik belgisi bo’yicha;
o Korxonalarda sifatni baxolash usullari bo’yicha.
SERTIKO «Tegishli standartlar va uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalariga
tegishli printsiplarni jamlash» ni boshqarishni ishlab chiqdi. U milliy xamda regional
sertifikatsiyalash sistemalarini boshqa sistemalar bilan xamda boshqa davlatlarning ularda
ishtirok etishi bilan o’zaro muvofiqligi nuqtai nazaridan tashkiliy printsiplarni o’rnatadi.
Masalan, milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini tuzishda ular imkoni boricha ISO
xalqaro standartlariga asoslanishi kerak. Bunda ushbu standartlar muvofiqlik sertifikatsiyasi
shartlarini o’zida aks ettirishlari lozim:
Sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning tavsiflari darajasini aniq o’rnatish;
Sinov va o’lchash ishlarini
aniq amalga oshirish usullari;
Standartlarga maxsulot sifatini ta’minlash shartlarini
kiritish;
Texnika va texnologiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlar.
Raxbarlik qilish maxsulotning barcha ishlab chiqaruvchilarini yaratilayotgan sistemalarda
xech bir diskriminatsion shartlarsiz ishtirok etishini ta’minlashning zaruriyligini nazarda tutadi.
U xalqaro savdoni sertifikatsiyalash vositalari, barcha mamlakatlarning sistemalarda erkin
ishtirok etishini ta’minlash yo’li bilan rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga
qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatsiya davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini
osonlashtiradi, import qilinayotgan davlatlarda maxsulotni qayta sinovdan o’tkazish ishlariga
ketadigan xarajatlar qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: