Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


    VIII BOB. PULGA TALAB FUNKSIYASI



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

 


 
81 
 
VIII BOB. PULGA TALAB FUNKSIYASI 
 
8.1. Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o’rni 
Milliy  ishlab  chiqarish  o’rtasidagi  barcha  iqtisodiy  munosabatlar  pul  yoki 
uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi. 
Pul  –  maxsus  xususiyatga  ega  bo’lgan  tovar  hisoblanib,  ayirboshlashning 
rivojlanishi  natijasida  paydo  bo’lgan.  U  tovarlar  ayirboshlashda  umumiy  teng 
qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga 
ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. 
Xar qanday  buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa 
buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. 
Agar  sarf  xarajatlar  nulga  teng  bo’lsa,  unda  bunday  buyum  mutloq  likvidli 
hisoblanadi.  Masalan  1000  so’mlik  qiymatga  ega  bo’lgan  pulni  boshqa  ko’pgina 
buyumlarga  oson  almashtirish  mumkin  va  bunda  sotuvchilar  1000  so’mlik 
qog’ozning  qiymatini  hech  qanday  tushirmasdan  qabul  qilishadi,  ya’ni  bu  erda 
ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi. 
Ayirboshlash  kengayishi  bilan  kredit  pullar  deb  ataluvchi  veksellar, 
banknotlar,  cheklar,  sertifikatlar  va  hakozolar  paydo  bo’la  boshladi.  Ular  tovar 
ayirboshlashni,  ya’ni  oldi  –  sotdi  jarayonini  engillashtirish,  tezlashtirish  va 
ixchamlashtirishga xizmat qiladi. 
Keng  ma’noda  pul  deganda  nimalar  tushuniladi,  pul  massasiga  nimalar 
kiritiladi?  Bu  savolga  javob  berish  juda  muhim,  chunki  iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali 
tartibga solishga bog’liq. 
Hozirgi  sharoitda  bozor  munosabatlariga  asoslangan  iqtisodiyotda  pul 
massasining asosiy tashkil etuvchilari yoki pul agregatlari quyidagicha: 
Pul
1
  (M
1
)  –  “tor  ma’nodagi  pullar”  yoki  muomaladagi  naqd  pullar  (M
0
)  + 
aholi va korxona, firmalarning talab qilib olinadigan omonatlari hamda joriy to’lov 
aylanishiga xizmat qiluvchi cheklar. 
Pul
2
 (M
2
) – bu M
1
 + aholi va korxona, firmalarning muddatli omonatlari. 


 
82 
 
Pul
3
 (M
3
) – “keng ma’nodagi pullar” yoki jami pul massasi bo’lib, o’z ichiga 
M
2
  +  likvidli  qimmatli  qog’ozlar  va  byudjet,  jamoat  tashkilotlari  hisoblaridagi 
mablag’lar  hamda  byudjet  mablag’lari  va  kapital  qo’yilmalarni  moliyalashtirish 
uchun mablag’lar. 
Pul
4
  (M
4
)  –  bu  M
3
  +  banklarda  saqlanayotgan  pul  shaklida  bo’lmagan  likvid 
mablag’lar. 
Ayrim  mamlakatlarda  pullarning  bunday  bo’linishi  boshqacharoq  bo’lishi 
mumkin. Masalan, Rossiyada M
0
, M
1
, M
2
, M
3
  pul agregatlari ishlatiladi. M
0
 pul 
agregati  bu  muomaladagi  naqd  pullar,  M
1
  =M
0
  +  korxona,  firmalarning  joriy 
hisoblaridagi  mablag’lari,  ularning  depozitlari,  aholining  talab  qilib  olinadigan 
depozitlari va davlat sug’urtasi mablag’lari, M
2
 pul agregati bu M
1
 + aholini tijorat 
banklaridagi muddatli depozitlari, shu jumladan kompensatsiyalar, M
3
 pul agregati 
M
2
 + sertifikatlar va davlat zayomlari obligatsiyalari. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish