79
3)
Agar potentsial YaIM = 15000 teng bo’lsa, unga erishish uchun
hukumat davlat xarajatlarini qanchaga o’zgartirish kerak?
* * *
4.
O’tgan yilda iqtisodiyotda YaIM = 1000, G = 100 tashkil etdi.
Mamlakat hukumati o’z xarajatlarini 50ga oshirib, YaIMni 200ga o’sishiga
erishishdi va ikki yil davomida davlat byudjetining kamomadi 0ga teng bo’lgan.
Iste’molga bo’lgan cheklangan moyillikni aniqlang.
5.
2012 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan.
2013 yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Agar soliqlar
solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo’lsa, iste’mol va jamg’arma
funktsiyalarining ko’rinishi qanday bo’ladi? Daromadni aniqlang.
* * *
6.
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan.
Y=S+I
S=100+0,8Y
I=50
Bu erda
U-daromad, S-iste’mol, I-investitsiyalar
Quyidagilarni aniqlang:
a) daromadning muvozanatli darajasi
b) jamg’arma va iste’molning muvozanatli darajasi
v) ishlab chiqarish darajasi 800 ga teng bo’lganda mahsulot zahiralarini
rejalashtirilmagan o’sishi qanday bo’lishini
* * *
7. 2012 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2013
yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Avtonom soliqlar hajmi -
120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy
ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o’zgarishiga ta’sirchanlik
koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial
80
YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun
davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.
* * *
8. Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o’sishi va bu bilan bog’liq
jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga pasayishiga
olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi.
Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang.
* * *
9. O’tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo’lgan. hukumat
davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o’sishiga erishdi.
Iste’molga bo’lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang.
* * *
10. Iste’mol funktsiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo’jaliklari
daromadi 350ga teng bo’lsa, jamg’arma hajmini aniqlang.
* * *
11. Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom
investitsiyalar hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang:
a)
ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini;
b)
multiplikator
miqdorini;
c)
davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad
darajasini.
Do'stlaringiz bilan baham: