ΔS
A
↑ AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko’rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom
iste’molning dastlabki o’zgarishi ΔS
A
↑ ga nisbatan bir necha marta ko’p o’zgaradi.
Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o’zgarishlar ham ishlab
chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun
ham davlatning byudjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo’lib,
o’rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga
chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini
pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so’mga ko’paysin.
Bu, o’z navbatida ish haqi, renta, foyda ko’rinishda uy xo’jaliklari daromadiga
75
aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb
olsak. Uy xo’jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so’mni iste’mol
xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so’mni jamg’aradi. Sarflangan 3,75 mlrd.
so’m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O’z navbatida ular ham 3,75 mlrd.
so’mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg’aradilar. Bu
jarayon oxirgi so’m jamg’arilmaguncha davom etadi.
Bunda: µ = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va µ = 1/ (1-0,75) = 4
va bundan : ΔY 1
µ = --------- = -----------
ΔA 1- MPC
Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo’lsa, multiplikator
samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik
progressiyani anglatadi, ya’ni µ =1+b+b
2
+b
3
+b
4
+…+b
n
, bu erda b=MPC.
Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: µb=b+b2+b3+b4+…+bn+1
Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:
µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+1
Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:
µ = (b n+1) / (1-b)
b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo’lgani uchun
µ = 1/ (1-b ) tenglik to’g’ri bo’ladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet
soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini
oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda,
bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga
olishi zarur.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U
0
) potentsial (U*) hajmidan kam
bo’lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan
bo’lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to’liq bandligi darajasini
76
ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir
ko’rsatadi.
E Y=E
B E
2
=E
1
+ ΔE
E
1
=C+I+G+Xn
E
2
=E
1
ΔE
Retsession uzilish
ΔE A
Y
o
Y* Y
Do'stlaringiz bilan baham: |