X BOB. DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR
10.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati
Hozirgi
sharoitda
davlat
byudjeti
ijtimoiy
(ishlab
chiqarish)
munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda
yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini
to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif,
sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va
boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash
vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi
bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va
unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat
byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib
turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir
mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da,
uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy
taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim
xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan byudjet
siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti
deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1)
davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki
mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa
xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi.
91
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan
to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan
tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv
operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjetining
mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining
mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida,
o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1)
umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3)
byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari
bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini
ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib
chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va
jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida
to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan
mablag’larni to’lovchilar o’rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu
munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu
bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga
tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning
barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga
yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan
fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
92
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng
avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan
chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan
ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga
keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa
u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning)
manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi
bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiladi.
Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro
munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu
munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va
umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining
alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o’zlarining
iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va
aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning
o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular
taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet
ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi.
Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi
bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet
mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama
xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa —
sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning
daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli
fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat
93
byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq
bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat
va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash
munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari
ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash
munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi.
Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi
bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat
pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va
sub’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro
bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. . Davlat
byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki
mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan byudjet
iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga
ajralishiga, sof daromadning
davlat va sub’ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan,
davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy
munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon
bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash
munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi.
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning
ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash
funktsiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi
94
ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi
bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida
maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi
va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni
shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor
boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun
sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli
xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining
yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har
doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum
ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida,
yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit
yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bo’lganligi uchun uning
nazorat funktsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi 1) davlat byudjetining daromadlarini
oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish; 2) mablag’larni sarflashning
qonuniyligini ta’minlash; 3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
— moliyaviy resurslarga bo’lgan yangbi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning
xarajatlari tarkibiga kiritish;
95
— moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini
manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li
bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim
sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq
o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
— qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zahira fondlari hisobidan qoplash va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |