IX BOB. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
9.1. Pul taklifi va pul multiplikatori
Bank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo’jalik sub’ektlari
tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan depozitlar pul taklifi
deb ataladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin:
M =S+ D
bunda,
M – pul taklifi;
S – aholi qo’lidagi naqd pullar;
D – bank tizimi joriy hisoblaridagi mablag’lar.
Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda davlat pul chiqarishga monopol huquqqa
ega, shuning uchun u butun pul massasi miqdorini tartibga solib turadi, ya’ni pul
siyosatini olib boradi. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa –
Markaziy bank ixtiyorida, shu bilan birga, pul taklifini ko’paytirishga yoki “pul
yaratish” qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov
vositalarini emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan,
A bankning depoziti 2000 ga o’sgan bo’lsa, rezerv normasi 20 foizga teng
bo’lganda, u 400 ni o’zida qoldirib, qolgan 1600 ni qarzga beradi. Shunday qilib,
A bank pul taklifini 1600ga ko’paytiradi va u endi 2000 + 1600 = 3600 ni tashkil
etadi. Ya’ni omonatchilarni depozitlardagi 2000 dan tashqari, yana 1600 qarz
oluvchilarning qo’llarida qoladi. Agar bu 1600 birlik mablag’lar yana bankga
tushsa (masalan, B bankga), unda 20 foizga teng bo’lgan rezerv normasida u 320 ni
qoldirib, 1280 ni kreditga beradi hamda shu miqdorga pul taklifini oshiradi. Kredit
berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi va
pirovard natijada jami pul taklifi quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki omonat = 2000
A bankning ssudasi = (1-0,2) x 2000 = 1600
B bankning ssudasi = (1-0,2) x (1-0,2) x 2000 = 1280
Jami pul taklifi = 1/0,2 x 2000 =10000
86
Bu formulani quyidagi ko’rinishida yozish mumkin:
M = 1/rr x D
bunda, M – jami pul taklifi;
rr – bank rezerv normasi;
D – dastlabki omonat.
Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsientiga
bog’liq bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb
ataladi. U ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi
bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarning eng ko’p miqdorini
bildiradi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblaridagi mablag’lardan, balki aholi
qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Shuning uchun pul taklifining
umumiy modeli pullarni bank depozitlaridan naqd pulga mumkin bo’lgan oqib
o’tishini hisobga olib tuziladi. Naqd pullarni miqdorini omonatlar hajmi bilan
bog’liqligini deponentlash koeffitsienti sr ifodalaydi. Bu koeffitsientni va bank
multiplikatorini qo’llab pulning umumiy taklifini aniqlash mumkin.
sr + 1
Ms = ------------ x V
sr + rr
bunda, M –pulning umumiy taklifi;
sr – S/D teng bo’lgan deponentlash koeffitsienti. U pul mablag’larni
naqd pulga va omonatlarga taqsimlanishini aholi tomonidan maqbulligini bildiradi;
rr – R/D teng bo’lgan bank rezervlari normasi
V = S +R ga teng bo’lgan pul bazasi yoki quvvati kuchaytirilgan
pullar, ya’ni naqd pullar va bank rezervlari yig’indisi.
Yuqoridagi sr + 1/sr + rr ifodani pul multiplikatori deb ataladai va odatda m
bilan belgilanadi. Bu holatda pulning umumiy taklifi quyidagicha aniqlanadi: Ms =
µ
b
x V.
Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga
ta’sir ko’rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod
87
rivojlanishini o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |