О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/145
Sana15.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#119512
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   145
Bog'liq
2 5328246701255820786

Yo`g`otepa  —  Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham 
Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham 
bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
 
Kavsar — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Aslida biron-bir suv — 
buloq yoki ko`l nomi bo`lsa kerak. Qishloq suvi shirin bo`lganligi sababli «jannat suvi» — 
«jannat bulog`i» degan nom olgan.
 
Gumbaz  —  Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Qubbali bino 
gumbaz deyilgan, shu bilan birga toza suv saqlanadigan sardobalar ham usti pishgan g`ishtdan 
gumbazli qilib ishlanganligi sababli qisqagina gumbaz deb atalgan. Qishloq nomi xam o`sha 
so`zdan  olingan.  Zarafshon  vohasida yashaydigan  qora qipchoqlarning bir urug`i gumbaz deb 
yuritilgan va qadimdan Pastdarg`om rayonida yashab kelgan.
 
Go`rxokasoy  —  Samarqand viloyati Nurota rayonidagi soy. Go`rxona mozor, qabriston 
degan ma`noni anglatadi; qabristonga o`xshagan joydan o`tganligi sababli soyga ham 
Go`rxonasoy deb nom berilgan.
 
Davlatobod  —  Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq nomi. Temurning 
Samarqand shahridagi bog`laridan biri Davlatobod nomi bilan atalgan. Buning o`rnida tashkil 
topgan qishloq xam o`sha Temur bog`ining nomi bilan Davlatobod deb nomlangan.
 
Dahbed — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq. Tojikcha — dah — o`n, bed 
— tol, ya`ni o`ntol degan ma`noni anglatadi. Qishloq ham shu nom bilan yuritiladi.
 
Deybaland — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha Dehibaland 
baland joydagi qishloq, ya`ni baland qishloq degan ma`noni bildiradi. Qishloq shu nom bilan 
ataladi.
 
Dukchilik  —  Samarqand rayonidagi qishloq. Bu erda dukchilik (yikchilik), bo`z to`qish 
uchun duk (yik) yasash kasbi bilan shug`ullanishgan. SHu sababdan kishlok shu nomni olgan.
 
Jaylov  —  Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Jaylov —  yaylov 
so`zining shevada talaffuz etilishi. YAylov asli yozda mol-qo`y boqiladigan joy demakdir. 
Qishloq nomi o`sha so`zdan olingan.
 
Jalpaqteva  —  Samarqand viloyati Urgut rayonidagi qishloq. Ba`zilar yalpoqtepa deb 
to`g`ri talaffuz qiladilar. O`zbek-qipchoqlar tepa deyish o`rniga «teva» deb talaffuz qiladilar. 
Qishloqda jarat urug`i yashagani uchun uni Jarat ham deyishadi. YAlpoq tepani erli  xalq 
shevasida Jalpoqtepa deyishadi.
 


 
97 
Jo`gi  -  Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Jo`gi —  O`rta Osiyo 
lo`lilarining bir qavmi. Jo`gi so`zining «qashshoq», «kambag`al» ma`nosi ham bor.
 
Dapsan —  tog` yonbag`ridagi tekis maydoncha, supa degan ma`noni anglatadi. Farg`ona 
viloyati O`zbekiston rayonida Depsan degan qishloq bor. Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on  
rayonida Jo`gidapsan degan  tepalik ham bor.
 
Qo`shxavut — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. SHu qishloqliklar va 
Nurota rayonining qo`shni qishloqlarida yashaydiganlar hovuzni «hovut» deyishadi. Hovuz so`zi 
o`zbek tilining barcha shevalarida arabchaga aslida yaqin shakllarda («ovuz», «avuz» deb) 
tallaffuz etiladi. Qishloqda ikkita hovuz bo`lganligi sababli erli xalq Qo`shhovuz — Qo`shhavut 
deb atay boshlaganlar.
 
Gonchi — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi ariq va Tojikiston Jumhuriyati Xo`jand 
rayonidagi qishloq nomi. Gon (gonchi) so`zi tarixiy manbalarda, jumladan Alisher Navoiy 
asarlarida ko`p uchraydi. Gonchi —  it g`ajib uzmasin uchun o`ning arqoniga bog`lanadigan 
yog`och, jun to`qimini tishlab iflos qilmasin uchun otning bo`yniga bog`lanadigan tayoq ham 
gonchi deyiladi.
 
Afrosiyob — Samarqand shaxrining dastlabki nomi. Hozir   arxeologiyaga   oid  kurikxona 
shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar Samarqandning yoshini aniqlashda asos 
bo`lib xizmat qiladi. Sug`dcha par siyov (par siyoh ob) —  qora suv tepaligi degan ma`noni 
bildiradi. YA. G`. G`ulomovning fikricha, Solor, Kaykovus, Zolariq va Afrosiyob nomlari 
«SHohnoma» kitobi ta`siri ostida maydonga kelgan bo`lsa kerak.
 
Varaksar  —  Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log`ining oldingi nomi. Bu so`z 
«varg», «bandivarg» shaklida Rudakiy asarlarida ham tilga olingan, Varaksar «to`g`on boshi» 
demakdir. Haqiqatan ham o`rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to`g`on qurilib, daryo 
suvi uch tarmoqqa bo`lingan. Bu ariqlar keyinchalik Darg`om, Abbos va Qoraunus deb atalgan. 
YAqin vaqtlargacha Zarafshon vodiysidagi Barkbon shahri yaqinidagi Varakdex —  To`g`on 
qishlog`i bo`lgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
 
SHunday qilib o`qituvchi keltirilgan tarixiy-geografik joylarning nomlari va toponimlaryga 
asoslanib, mazkur darsda Samarqand va uning vohasida juda ajoyib va turli-tuman nomlarning 
bir guruhinigina ko`rib chiqishga muvaffaq bo`linganini, o`quvchilar ham o`z jonajon maktabi, 
jamoa va davlat xo`jaligi, qishloq va rayon hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqishi 
hamda mana shunday toponimik ma`lumotlar yig`ishi zarurligi, bu esa ularga jonajon o`lka 
tarixini o`rganishda, mustaqil ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam 
berishini ta`kidlaydi.
 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish