Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
2.5.2 Harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini  
qabul qilish hamda ularga ishlov berish 
 
Harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari pochta 
jo‘natmalarining tegishli turlari uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi, 
ishlov beriladi va jo‘natiladi. 
Qabul qilish va topshirish joylaridagi pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida harbiy pochta jo‘natmalari va 
pul o‘tkazmalari manziliga jo‘natilguncha hamda topshirilguncha 
ta’minlangan tartibda ishlov beriladi va saqlanadi. Harbiy xat-xabarlar va 
ishlab chiqarish hujjatlariga faqat ularga ishlov beruvchi aloqa 
xodimlarigina jalb etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tegishli vakolatlarga 
ega bo‘lgan vakillariga harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalariga 
ishlov berish, ularni tashish va jo‘natish to‘g‘riligini hamda o‘z vaqtida 


 
97
amalga oshirilishini tekshirish uchun pochta aloqasi obyektlariga 
kirishga ruxsat beriladi. 
Harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul qilishda 
quyidagilarga amal qilinishi zarur: 
a) harbiy qism va muassasalarga mo‘ljallangan joy manzilini 
ko‘rsatgan holda (masalan: 100170, Toshkent 170, 14016 harbiy qism, 
Baxtiyor Tursunovich To‘xtaevga), barcha turdagi pochta jo‘natmalari, shu 
jumladan, tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari ham qabul qilinadi; 
b) ro‘yxatga olinadigan harbiy pochta jo‘natmalari faqat olinganligi 
to‘g‘risidagi buyurtmali va oddiy bildirishnomalari bilan qabul qilinadi. 
Harbiy xizmatchilarning oddiy xatlari va pochta varaqchalari (pulli 
va bepul) harbiy pochtalyonlar tomonidan pochta qutilariga solinmaydi, 
balki ular tomonidan pochta aloqasi obyektlariga topshiriladi. 
Manzili ko‘rsatilmagan harbiy qismlar va muassasalar manziliga 
yuborilgan pochta jo‘natmalari jo‘natuvchiga «Manzili noto‘g‘ri 
ko‘rsatilgan» belgisi bilan qaytarilishi, jo‘natuvchining manzili 
ko‘rsatilmaganda esa, tarqatilmaganlar qatoriga topshirilishi lozim. 
Harbiy qism va muassasalarga faqat shahar aloqa bo‘limi raqamini 
ko‘rsatmasdan manzillangan pochta jo‘natmalari manzili bo‘yicha xech 
qanday to‘siqlarsiz yo‘llanadi. Bunday pochta jo‘natmalari yuborilgan 
joydagi harbiy qism axtarib topilmagan hollarda Pochta aloqasi 
felyd’egerlik bog‘lamasi (bundan keyin matn bo‘yicha PAFB)ga 
yuboriladi. 
Harbiy pochta jo‘natmalari PAFBga, yo‘llash rejasiga muvofiq 
muhrlangan qoplarda yuboriladi. 
Muddatli xizmatdagi askar, matros, serjantlar nomiga jo‘natiladigan 
og‘irligi 20 g gacha bo‘lgan oddiy xatlar va pochta varaqchalari bepul 
jo‘natiladi. Ushbu harbiy xizmatchilar tomonidan jo‘natiladigan og‘irligi 
20 g gacha bo‘lgan oddiy xatlar va varaqchalar konvert yoki pochta 
varaqchasi ustida «Muddatli harbiy xizmatchining xati. Bepul» yozuvli 
maxsus uchburchakli tamg‘a izi mavjud bo‘lgan hollarda, jo‘natma bepul 
yuboriladi. 
Bunday tamg‘a izi tushirilmagan xat va pochta varaqchalari kelgan 
manziliga qaytariladi, u bo‘lmaganda esa – tarqatilmaganlar soniga 
kiritiladi. Og‘irligi 20 g dan ortiq bo‘lgan oddiy xatlar, shuningdek, harbiy 
xizmatchilar nomiga va ular tomonidan jo‘natiladigan oddiy banderollar, 
buyurtmali va sug‘urta pochta jo‘natmalari, belgilangan tarif bo‘yicha haq 
to‘lash bilan umumiy asoslarda qabul qilinadi. 


 
98
Praporshchiklar, michmanlar, zobitlar, generallar, harbiy qism 
shtablari (harbiy muassasalar va bilim yurtlari) tomonidan jo‘natiladigan, 
shuningdek ularga manzillangan barcha pochta xat-xabarlari umumiy 
asoslarda amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lanadi. 
Harbiy qismlar va muassasalarga hamda ularning shaxsiy tarkibiga 
manzillangan oddiy va buyurtmali jo‘natmalar, shuningdek qiymati e’lon 
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar, posilkalar va pul 
o‘tkazmalari (talonlari bilan birga) pochta aloqasi hududiy tashkilotlari 
yoki pochta aloqasi obyektlaridan harbiy pochtalyonlarga yohud qism, 
muassasalarning vakillariga beriladi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining 
rahbari harbiy qismlar va muassasalar qo‘mondonligi bilan birgalikda 
harbiy pochtalyonlarning pochta jo‘natmalari hamda pul o‘tkazmalarini 
olishlari va topshirishlari uchun kelish muddatlarini belgilaydilar. 
Belgilangan muddatlarning buzilish hollari to‘g‘risida qism 
qo‘mondonligiga xabar qilinadi. 
Harbiy pochtalyon harbiy qism (muassasa)ning pochtasini qabul 
qilish huquqini beruvchi, qism qo‘mondoni tomonidan imzolanib, gerbli 
muhr izi bilan tasdiqlangan va quyidagi shaklda tuzilgan ishonchnomaga 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish