Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
 
2.5 Hukumatga oid, harbiy va xizmatga oid pochta jo‘natmalari 
 
2.5.1 Hukumatga oid pochta jo‘natmalarini qabul qilish, 
ishlov berish, jo‘natish va topshirish 
 
Hukumatga oid pochta jo‘natmasi  –  O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan, ro‘yxatda ko‘rsatilgan 
ayrim toifali foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan yoki qabul 
qilinadigan pochta jo‘natmasi. Hukumatga oid pochta jo‘natmalari 
barcha o‘tish yo‘li davomida «Hukumatga oid» toifasida ishlov beriladi, 
jo‘natiladi va topshiriladi. 
Hukumatga oid pochta jo‘natmalariga o‘lchami, og‘irligi va 
o‘rovi ga nisbatan umumiy o‘rnatilgan talablar qo‘yiladi. 
Hukumatga oid pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, 
jo‘natish va topshirish pochta jo‘natmalarining tegishli turlari uchun 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Hukumatga oid pochta jo‘natmalarini qabul qilishda aloqa xodimi 
quyidagilarga e’tibor beradi: 


 
94
a) jo‘natuvchiga pochta jo‘natmalarini hukumatga oid toifasida 
uzatish huquqi berilgan, yoki berilmaganligi; 
b) ularda «Hukumatga oid» yozuvi borligini tekshiradi. Agar 
bunday yozuv bo‘lmasa, aloqa xodimi uni amalga oshirishni taklif etishi 
kerak. 
1,3-shakllardagi daftarlarga ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘nat-
malarini yozishda «Alohida belgisi» satrida «Hukumatga oid» deb 
ko‘rsatiladi. 
162x229 mm va 229x324 mm o‘lchamli konvertlarda hukumatga 
oid yozma xat-xabarlar ichki kartonli tagqo‘ymalar bilan qabul qilinadi. 
Hukumatga oid oddiy xat-xabarlar 103-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha 
qabul qilinadi, u bir nusxada tuziladi. Ro‘yxatga konvertlarda 
ko‘rsatilgan xatlarning jo‘natilish raqamlari qo‘yiladi. 
Hukumatga oid pochta jo‘natmalariga boshqa pochta 
jo‘natmalaridan alohida, pochta aloqasining yirik obyektlarida esa 
maxsus ish joylarida ishlov beriladi va mo‘ljallangan manziliga eng tez 
usul bilan jo‘natiladi. 
Hukumatga oid oddiy yozma xat-xabarlarni qabul qilishda 
kvitansiya berilmaydi, lekin aloqa xodimi 103-shakldagi ro‘yxatga imzo 
qo‘yadi, qabul qilingan pochta jo‘natmalarining sonini ko‘rsatadi va 
taqvim tamg‘a izini tushiradi. 
Xat-xabarlarni batafsil saralashni amalga oshirmaydigan pochta 
aloqasi obyektlari qabul qilingan hukumatga oid xat-xabarlarni pochta 
aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, almashuv punktlari)ga 
alohida qoplarda «Hukumatga oid» belgisi bilan jo‘natadilar. 
Hukumatga oid oddiy va buyurtmali xatlar, oddiy va buyurtmali 
banderollar hech bo‘lmaganda bitta «Hukumatga oid» belgili pochta 
jo‘natmasi mavjud bo‘lganda boshqa xat-xabarlardan alohida 
yigindilarga joylanadi. 
Oddiy hukumatga oid xatlar barcha o‘tish yo‘li davomida 103-
shakldagi jo‘natish raqamlari bo‘yicha 11-shakldagi reestrlarga yozib 
jo‘natiladi. Hukumatga oid buyurtmali pochta jo‘natmalari 3-shakldagi 
yorliqlarda ko‘rsatilgan raqamlar bo‘yicha, tranzitlari esa – raqamlarini 
va ularning qabul qiluvchi pochta aloqasi obyektlarini ko‘rsatib 11-
shakldagi reestrlarga yoziladi. 11-shakldagi reestrlar ikki nusxada 
tuziladi va oy davomida alohida tartibli raqamlar bo‘yicha raqamlanadi. 
Har bir guruh bo‘yicha pochta jo‘natmalarining yakuni so‘z bilan 


 
95
yoziladi. Reestr uni tuzgan aloqa xodimi va nazorat qiluvchi shaxs 
tomonidan imzolanadi. 
Hukumatga oid xat-xabarlari bo‘lgan yigimlar sonidan qat’iy nazar 
o‘tishning barcha bosqichlarida alohida qoplarda jo‘natiladi. 
Agar hukumatga oid xat-xabarlar yakka holda va kam og‘irlikda 
bo‘lsa, hukumatga oid xat-xabarlarni boshqa xat-xabarlar yig‘indisi 
bilan birga qopga solishga ruxsat etiladi. Qoplarga 10-shakldagi manzil 
yorliqlari biriktirilib, ularga «Hukumatga oid» belgisi qo‘yiladi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish