Toshken-77 Raximov ellik to‘rt
Uzatdi
154-01-00 pul o‘tkazma = bir kasr sakkiz ikki
Adolat Eragshevna Yunusovaga 45 qirq besh
Ergashevdan qtq kelish vaqtimni ma‘lum qilaman
qtq ABB Ochilova
Jo‘natuvchining nomi va manzili Ergashev Said Ergashevich
Andijon sh.5, Bobur ko‘chasi, 45
18-rasm. Po‘l o‘tkazmasi telegrammasini tuzish namunasi.
Pul o‘tkazma telegrammalari pochta aloqasi obyekti (aloqa
bo‘limi) boshlig‘i (o‘rinbosari), yirik obyektlarda esa – pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi,
pochtamt) rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan aloqa xodimlari
tomonidan nazorat qilinadi va imzolanadi. Bu shaxslar imzolarining
namunasi telegrafga beriladi. Telegramma matnida telegrammani
imzolovchi aloqa xodimining lavozimi va familiyasi albatta ko‘rsatiladi.
Tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalarida pochta aloqasi obyektlari
boshliqlarining lavozimlarini qisqacha atash uchun quyidagi shartli
belgilar qabul qilingan:
– pochta aloqa bog‘lamasi boshlig‘i – ABB;
– pochtamt boshlig‘i – PB;
76
– bo‘lim boshlig‘i – BB;
– pul o‘tkazmalariga ishlov berish uchastkasi (sexi) boshlig‘i – SB;
– sug‘urtali pochtaga ishlov berish uchastkasi (sexi) boshlig‘i – SB.
Boshliq o‘rinbosarlari lavozimlarini qisqacha atash uchun «O‘»
harfi qo‘shiladi, masalan: BBO‘, PBO‘, ABBO‘, SBO‘, operator
lavozimi esa – OPR.
Raqamga ega bo‘lgan pochta aloqasi obyektlarida tuziladigan pul
o‘tkazma telegrammalarida imzo chekuvchining familiyasi oldida
pochta aloqasi obyektning raqami sonlar bilan ko‘rsatiladi.
Pul o‘tkazma telegrammasining oxirida (chiziqcha ostida) pul
o‘tkazmasini jo‘natuvchining to‘liq manzili va nomi ko‘rsatiladi. Bu
ma‘lumotlar telegraf orqali uzatilmaydi.
Bir jo‘natuvchidan qabul qilingan tezkor (telegraf) pul
o‘tkazmalari to‘plamiga pul o‘tkazma telegrammalarini tuzishda
jo‘natuvchining nomi va uning to‘liq manzili ro‘yxat bo‘yicha birinchi
pul o‘tkazma telegrammasida ko‘rsatiladi, qolganlarida esa
telegrammaning 26-shakldagi nazorat daftarining raqami havola
qilinadi.
Nazorat qilishda pul o‘tkazmalari 5-shakl daftaridagi yozuvlar
bilan raqami, summasi, manzili va oluvchining familiyasi (nomi)
bo‘yicha solishtiriladi. Pul o‘tkazmalarida kvitansiyalarning «Alohida
belgisi» satrida ko‘rsatilgan belgilarning mavjudligi, jo‘natish uchun
to‘lovning to‘g‘ri hisoblanganligi tekshiriladi.
5-shakldagi daftarning oxirgi kvitansiya nusxasining bo‘sh joyiga
nazorat qiluvchi shaxs: «. . . sondan . . . - songacha tekshirdim va qabul
qildim» belgisini qo‘yadi va uni imzolaydi.
Shundan so‘ng pul o‘tkazmalarini qabul qilish va rasmiy-
lashtirishning to‘g‘riligi, shuningdek pul o‘tkazma telegrammalari tuzi-
lishining to‘g‘riligi tekshiriladi.
Pul o‘tkazmasini jo‘natish uchun to‘lov to‘la olinmaganligi
aniqlanganda, 5-shakldagi kvitansiya nusxasining bo‘sh joyiga aybdor
xodimning hisobidan shu summadagi pochta markalari yopishtiriladi,
ular ruchkada xochsimon chizish bilan hisobdan chiqariladi.
Pochta-kassa apparatida, elektron majmuada qabul qilingan
jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalarini nazorat qilish alohida yo‘riqnomaga
muvofiq amalga oshiriladi.
Shifrlanishi kerak bo‘lgan pul o‘tkazmalarining belgilangan joyida
shifr ko‘rsatiladi.
77
Tekshirilgan har bir pul o‘tkazmasida, shuningdek pul o‘tkazma
telegrammasida nazorat-geralydli muhrning izi aniq bosiladi. Agar
muhrning birinchi bosilgan izi noaniq chiqqan bo‘lsa, u holda pul
o‘tkazmasining bo‘sh joyiga ikkinchi izi tushiriladi, birinchisining
ustidan ruchkada xochsimon ravishda chiziladi.
Shuningdek pochta-kassa apparati tamg‘asining izi noaniq bosil-
gan pul o‘tkazmalariga ham nazorat-geralydli muhrning izi tushiriladi.
Bunda pochta-kassa apparati muhri izining ustidan chizilmaydi.
Nazorat-geralydli muhr (pochta-kassa apparati muhri) yo‘qotilgan
yoki o‘g‘irlatilgan hollarda, yangisi olingunga qadar pochta aloqasi
obyektlari tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalarini qabul qilishni
to‘xtatadilar. Oddiy pul o‘tkazmalarini qabul qilishda esa pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi,
pochtamt)ning dumaloq muhridan foydalanadilar, uning izi pul o‘tka-
zmasidagi nazorat-geralydli muhr uchun manziliga tushiriladi. Bu muhr
izining ostiga ruchkada yangi raqamli belgi va «Nazorat-geralydli muhr
yo‘qolgani uchun» matni yoziladi. Bu ma’lumotlarni pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi,
pochtamt)ning boshlig‘i (o‘rinbosari) imzolaydi.
Pochta aloqasi obyektlarida (aloqa bo‘limlarida) yangi nazorat-
geralydli muhr (pochta-kassa apparat muhri) olingunga qadar pul
o‘tkazmalarini pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) kassasida qabul qilinishi
haqli ravishda belgilanadi.
Bu holda pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) pochta aloqasi obyektiga
(aloqa bo‘limiga) pul o‘tkazmalarini raqamlashni ajratadi. Qabul
qilingan pul o‘tkazmalarining raqamlari, summasi va manzillangan
joyining manzilini ko‘rsatib 11-shakldagi reestrga qo‘shib yozgan holda
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga nazorat qilish uchun har kuni jo‘natiladi.
Reestrning yuqorisiga «Nazorat qilish uchun» belgisi qo‘yiladi.
11-shakldagi reestrning birinchi nusxasi pul o‘tkazmalari bilan
birga konvertga joylanadi, uning ustiga «Pul o‘tkazmalar buyurtmali
yig‘indisi nazorat uchun» yozuvi yoziladi, ikkinchi nusxasi esa pochta
aloqasi obyekti (aloqa bo‘limi)da qoladi.
Pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti
(pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)da pul o‘tkazmalari yigindilari
78
ochiladi, pul o‘tkazmalari 11-shakldagi reestr bilan nomma-nom
solishtiriladi. Rasmiylashtirishning to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng, har
bir pul o‘tkazmasida pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning nazorat-
geralydli muhr izi tushiriladi, so‘ngra pul o‘tkazmalari belgilangan tar-
tibda manzildagi pochta aloqasi obyektiga jo‘natiladi. Pul o‘tkazmalari
bilan birga kelgan 11-shakldagi reestrlar rasmiylashtirish uchun alohida
to‘plamga tikiladi.
Pochta aloqasi obyekti (aloqa bo‘limi)dan 11-shakldagi reestrlar va
5-shakldagi daftarlar bo‘yicha pul o‘tkazma operatsiyalar hisoboti
olinishi bilan pul o‘tkazmalari bo‘yicha summalari to‘g‘ri kirim qilin-
ganligi tekshiriladi. Hisobot davri uchun oxirgi tekshirish natijasi haqida
11-shakldagi reestrga «5-shakldagi daftar bo‘yicha tekshirildi» deyilgan
belgi qo‘yiladi, unga nazorat qiluvchi shaxs imzo qo‘yadi.
Pul o‘tkazma telegramalari 26-shakldagi nazorat daftariga yoziladi.
Bu daftarga yozuvning tartib raqami pul o‘tkazma telegrammasida va
114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasining orqa tomonida
ko‘rsatiladi.
26-shakldagi nazorat daftarlari telegraf aloqasi mavjudligidan
qat‘iy nazar, tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalarini qabul qilishni amalga
oshiruvchi barcha pochta aloqasi obyektlarida olib boriladi. Pul
o‘tkazma telegrammalari 26-shakldagi nazorat daftari bo‘yicha oy
davomida raqamlanadi.
Pul o‘tkazma telegrammalari belgilangan nazorat muddatlarida 26-
shakldagi nazorat daftarida imzo bilan telegrafga beriladi.
«Jo‘natuvchidan qabul qilib olingan vaqt» ustuni – pochta aloqasi
xodimi tomonidan, «Telegrafda qabul qilib olingan vaqt» ustuni esa
telegraf xodimi tomonidan to‘ldiriladi. Telegrafda qabul qilib olingan vaqt
pul o‘tkazma telegrammasining xizmat sarlavhasi ostida qo‘yilgan vaqtga
mos kelishi kerak.
Har kuni ish vaqti tugashi bilan telegrafga berilgan pul o‘tkazma
telegrammalari sonini o‘zaro tekshirish amalga oshiriladi, bu haqda
nazorat qiluvchi shaxs 26-shakldagi daftarga belgilab qo‘yadi.
Telegrafi bo‘lmagan pochta aloqasi obyektlari pul o‘tkazma
telegrammalarini telefon orqali uzatadilar yoki telegrafi bo‘lgan eng yaqin
pochta aloqasi obyektiga o‘z qo‘li bilan yoki telegrafga eltib beriladi. O‘z
qo‘li bilan eltib berishda pul o‘tkazma telegrammalar 11-shakldagi reestr
nusxasiga imzo qo‘yib topshiriladi, bu nusxada pul o‘tkazmasini qabul
79
qilgan pochta aloqasi obyekti tomonidan pul o‘tkazma telegrammasining
tartib raqami, pul o‘tkazmasining raqami (5-shakldagi daftar yoki pochta-
kassa apparati, elektron majmua bo‘yicha), manzili, jo‘natuvchidan qabul
qilib olingan sana va vaqt (soat, daqiqa) ko‘rsatiladi. Telegraf aloqasi
bo‘lgan pochta aloqasi obyektlari yoki telegraf pochta aloqasi obyektidan
telegrammani qabul qilishda qabul qilish sanasi va vaqti (soat, daqiqa)ni
yozadi.
Telegrafi bo‘lmagan pochta aloqasi obyektlari (qishloq aloqa
bo‘limlari) pul o‘tkazma telegrammalarini o‘zi bilan bevosita telefon
aloqasiga ega bo‘lgan telegraf korxonasiga telefon orqali uzatadi (telefon
aloqasi bo‘lmaganda avvalgi xat boshida ko‘rsatilgan tartibda 11-shakldagi
reestrga ilova qilib pochta orqali jo‘natadi).
Pul o‘tkazma telegrammalarini telefon orqali uzatish tartibi pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa
bog‘lamasi, pochtamt) rahbarining buyrug‘i bilan o‘rnatiladi, bu buyruq
asosida qaysi pochta aloqasi obyektlari o‘rtasida telegramma uzatilishi,
shuningdek telefon orqali pul o‘tkazma telegrammalarini uzatish va qabul
qilish topshirilgan aloqa xodimlarining familiyalari ham aniqlanadi.
Telefon orqali uzatilgan har bir pul o‘tkazma telegrammasi bo‘yicha
qaytadan to‘liq tekshiruv o‘tkaziladi. Pul o‘tkazma telegrammasining old
qismida uzatish amalga oshirilgan kun, oy, soat va daqiqa, shuningdek
telegrammani uzatish va qabul qilishda ishtirok etgan aloqa xodimlarining
familiyalari yoziladi.
Telefon orqali uzatilgan pul o‘tkazma telegrammalari oy davomida
tikib boriladi. Har kuni oxirgi pul o‘tkazma telegrammaning orqa tomo-
nida ushbu operatsiya kuni uchun uzatilgan pul o‘tkazma telegram-
malarining umumiy soni ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar telefon orqali ish
kuni yakunida solishtiriladi, bu haqda pul o‘tkazma telegrammalarni
uzatish va qabul qilishda ishtirok etgan aloqa xodimlarining imzosi bilan
«Yakunlar solishtirildi» belgisi qo‘yiladi.
Nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng oddiy va tezkor (telegraf) pul
o‘tkazmalari belgilangan muddatlarda 11-shakldagi reestrning birinchi
nusxasi bilan birga reestr nusxasidagi tilxat bilan saralashga uzatiladi.
Bunda oddiy pul o‘tkazmalari bukish chizig‘i bo‘ylab ehtiyotlik bilan
ikkiga bukiladi. Tilxatda pul o‘tkazmalarini saralash uchun qabul qilib
olingan sana va vaqt ko‘rsatiladi.
Pochta aloqasi obyektlari (aloqa bo‘limlari) pul o‘tkazmalarini
pochta aloqasi obyektlariga (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt, viloyat
80
markazlari, Toshkent, Nukus shaharlari almashuv punktlariga)
buyurtmali jo‘natmalar yigindilarda, ikki nusxada tuziladigan 11-
shakldagi reestrga ilova qilib jo‘natadilar, unda har bir pul o‘tkaz-
masining raqami, summasi va manzili ko‘rsatiladi. 11-shakldagi reestr-
larda soni va summasi bo‘yicha yakunlar raqamlar bilan yoziladi.
Pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar,
almashuv punktlari)da xalqaro pul o‘tkazmalaridan tashqari, pul
o‘tkazmalari saralanadi, berkitiladi va yozma xat-xabarlar bilan birga
jo‘natiladi.
Qabul qilingan pul o‘tkazmalarini 5-shakldagi daftarga yozib
borilishiga ko‘ra, unda bir ish kuni (navbatchilik)da qabul qilingan pul
o‘tkazmalari summalarining betma-bet hisoblanadigan o‘sib boruvchi
yakunlari va alohida jo‘natish uchun olingan to‘lov summalari hamda
QQS summalari hisoblab chiqiladi. Betma-bet hisoblangan natijalar
naqd pullar va to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha alohida yakunlanadi.
Yakunlar har bir betning oxirida raqamlar bilan yoziladi.
Yakunlar pul o‘tkazmalarini qabul qilib olgan aloqa xodimi va
nazorat qiluvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Oyning oxirgi kuni 5-shakldagi daftarda qabul qilingan bir kunlik
pul o‘tkazmalarining yakunidan so‘ng amalda joriy qilinmagan
kvitansiyalarning nusxalarida (agar ular bo‘lmasa 5-shakldagi daftar
muqovasining ichki tomonida) pul o‘tkazmalarining soni va sum-
malarining bir oylik yakunlari, shuningdek jo‘natish uchun to‘lovlarning
summalari va QQS summalari raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Qabul
qilingan pul o‘tkazmalari summalarining yakunlari, shuningdek jo‘na-
tish uchun to‘lov summalari va QQS summalari raqamlar va so‘zlar bi-
lan naqd pullar bo‘yicha, hamda to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha
alohida yakunlanadi. Chiqarilgan yakunlar nazorat qiluvchi shaxsning
imzosi bilan, aloqa bo‘limlarida esa bo‘lim boshlig‘i (o‘rinbosari)ning
imzosi bilan tasdiqlanadi. Yozuvlar ruchka bilan bajariladi. 5-shakldagi
daftar natijalarining buxgalterlik hisobiga mos kelishi, shuningdek
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta
aloqa bog‘lamasi, pochtamt) bosh buxgalterining imzosi bilan tas-
diqlanadi.
Bir vaqtda 5-shakldagi daftarlardan bir nechtasi tutiladigan pochta
aloqasi obyektlarida asosiy daftarda bir oylik yakun chiqarilgandan so‘ng,
boshqa (qo‘shimcha) 5-shakldagi daftarlar bo‘yicha qabul qilingan pul
o‘tkazmalarining soni, summasi, QQS summalarini ajratish bilan jo‘natish
81
uchun to‘lovlar ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng, barcha 5-shakldagi daftarlar
bo‘yicha alohida naqd pullar, to‘lov topshiriqnomalarining yakuni,
shuningdek umumiy yakunlar raqamlar bilan yozilib, so‘z bilan
takrorlanadi va mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |