Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Pul o‘tkazmalarini oluvchilarning bank



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.4.4 Pul o‘tkazmalarini oluvchilarning bank  
bo‘limlaridagi hisob raqamlariga o‘tkazish 
 
Oluvchilarning bank bo‘limlaridagi hisob raqamlariga pul 
o‘tkazmalarini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta 
aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar), shuningdek 
mahalliy bank bo‘limida pul o‘tkazmasi operatsiyalari bo‘yicha hisob 
raqami (subhisob raqami) ochilgan aloqa bo‘limlari o‘tkazadi. Bu pochta 
aloqasi obyektlarining har birida unga biriktirilgan, bank bo‘limlarida 
hisob raqamlari bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarning ro‘yxatlari 
bo‘lishi kerak, unda ularning to‘liq nomi, manzili va telefonlarining 
raqamlari, bankdagi hisob raqamlari, bank bo‘limining nomi va 
joylashgan manzili ko‘rsatiladi. Ro‘yxat ta’minlangan tartibda saqlanadi 
va bank bo‘limlarining ma’lumotlari bilan doimiy solishtirib turiladi. 
Bank bo‘limlari bo‘lmagan aholi punktlarida joylashgan korxona, 
tashkilot, muassasa va ularning vakolatli vakillariga manzillangan pul 
o‘tkazmalari naqd pullar bilan to‘lanadi. 
Oluvchilarning hisob raqamlariga pul o‘tkazmalarining summasini 
o‘tkazishda avtomatlashtirish yoki mexanizatsiyalashtirilgan usulda to‘rt 
nusxada rasmiylashtirilgan to‘lov topshiriqnomasi tuziladi. Topshi-
riqnomaning birinchi nusxasi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbari 
(o‘rinbosari) va bosh buxgalteri (o‘rinbosari) tomonidan, aloqa bo‘lim-
larida esa bo‘lim boshlig‘i (o‘rinbosari) va operatori tomonidan imzo-
lanadi hamda pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning dumaloq muhr izi 
bilan, aloqa bo‘limida esa – nazorat-geralydli muhr izi bilan 
tasdiqlanadi. 


 
86
To‘lov topshiriqnomasining barcha nusxalarida «To‘lov belgisi» 
satrida o‘tkazilayotgan pul o‘tkazmalarining soni raqamlar bilan va 
tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
Agar bittadan ortiq tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari o‘tkazi-
layotgan bo‘lsa, ularga 22-shakldagi xabarnomalar yoziladi, ularda 5-
shakldagi daftar bo‘yicha pul o‘tkazmalarining raqamlari (pochta-kassa 
apparati, elektron majmua bo‘yicha), qaerdan va kimdan kelgani 
(jo‘natuvchining to‘liq nomi), pul o‘tkazmalarining summasi, 
shuningdek yozma xabarlar ko‘rsatiladi. 
To‘lov topshiriqnomasining dastlabki uch nusxasi har kuni bank 
bo‘limlariga beriladi, ulardan uchinchi nusxasi topshiriqni qabul 
qilishdagi bank tilxati bilan pochta aloqasi obyektiga qaytariladi. 
To‘rtinchi nusxalari talonlar va xabarnomalar bilan buyurtmali xizmatga 
oid xatlarida oluvchilarga yuboriladi. 
Pul o‘tkazish yo‘li bilan oddiy pul o‘tkazmalari va pul o‘tkazma 
telegrammalari blankalarining orqa tomonida pul o‘tkazilgan sanani 
ko‘rsatib taqvim tamg‘a izi tushiriladi. 
Pochta-kassa apparati, elektron majmuada rasmiylashtirilgan pul 
o‘tkazmalarini to‘lash, hisobga olish va nazorat qilish alohida 
yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish