Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim…
Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan,
yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir
maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata
bo’lar…Gap va hayollar xirmonidir balki…
Yana ham qat’iyatliman…
Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki
yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar
bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning
muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his
qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar…”Yo’qolasan, harom o’lasan,
inshaalloh” kabi duoyibadlar.
O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning
uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak
yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato
usul.
O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki
kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach, yana ham ko’proq
yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning
mehrsiz munosabatlari edi.
Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan,
ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar
tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar.
Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yaxshi bir
ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan
keyin….
Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yaxshigina qo’llay boshladik. Dadam
avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman,
der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid
puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo
o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta.
Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi. Voqealarning farqiga
borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz
loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga
keltirardi:”Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan
so’rolmaysan”. Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a!
Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo
ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im,
yagona do’stim, yagona sirdoshim edi.
Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda
boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi.
Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi…
Do'stlaringiz bilan baham: |