Barcha yosh qizlarga
Ba’zida barcha yosh qizlarga shunday hayqirgim keladi: ”Meni tinglang, holimni ko’ring!
Ibrat oling, ya’ni qattiqqo’lligiga qaramay hamisha ota-onangizni yonida bo’ling. Eng
yomon ona eng yaxshi begonadan ko’ra marhamatli, bexavotirroqdir. Eng yomon oila
eng zo’r farog’atli joylardan ko’ra yaxshidir. Chunki, hech qursa, joningiz va nomusingiz
ishonchli qo’llarda bo’ladi. O’sha o’ziga tortuvchi, ko’zni qamashtiruvchi, rang-barang va
serhasham joylar…. Keling, mendan so’rang, ular nimalarimni olib qo’yishganini…. ”
Mavzudan uzoqlashdim, so’zimga qaytayin. Qo’limda emas, fikrimni bir joyga jamlay
olmayapman. Onam o’lgach, men bir chaqaloq, bir yoshli akam, o’pka kasali bo’lgan
dadam, ikki xonali (biri oshxona) uyda dardlar, alamli qayg’ular bilan qoldik.
O’shanda: ”taqdirda yordam beraman”, deguvchilar ham chiqqan edi, ammo bari og’izda
qolib ketdi. Qarindosh bo’lsa, jondan ko’ngildan bo’lsin. Onam yetimlikda ulg’aygani
uchun ham hech yaqinlari, qarindoshlari yo’q edi. Dadamning yaqinlari – amakim va
ammam yaxshi munosabat ko’rsatishmadi. Zero, amakimning o’zi ham falaj edi. Ko’p
yashamadi. Ammamning esa ziqna bir eri bor edi. Har kuni kaltak, so’kish bilan o’tadi.
Xullas, qayg’ularga ko’milib qolganik.
Dadam yo’qchilikka va qayg’ularga bir yil chidadi. O’zi ham o’pka kasali bo’lgani uchun
bardosh berolmadi. Dadam bilan ochiq suhbatlasholmas, kasalligi haqida aniq bir narsa
bilmas edik. Men o’n bir yoshga kirganimda dadam vafot etdilar. U kishi ko’p sigaret
chekardi. Yoshligida ichkilik ham ichgan. Har holda o’pkasini ishdan chiqargandi. Yo
o’pkasi shishgan yoki sil bo’lgan. Aniq bilmayman. Dadam o’ziga qaramas, e’tiborsiz,
ertani o’ylamaydigan kishi edi. Topganini ichardi. Shu bois juda kambag’al edik. Ammo
onam unaqa emas, juda pokiza va tartibli ayol edilar. Ibodatlarini kanda qilmas edilar.
Uyda har doim Qur’on va boshqa kitoblarni o’qirdilar. Nurli va idrokli ayol edilar.
Onamning dindorligini bilganim uchun eng qiziqqon dahriy bo’lgan davrimda ham dindor
insonlardan jahlim chiqmasdi. Ularni kamsitmasdim. Balki onam tirik bo’lsaydi, bu
fanatic fikrlarim, dahriyona qarashlarim va umidsizligim bo’lmasmidi. To’g’risi, bu dahriy
va moddiyunchi haytimdan mamnun bo’lganimni aytolmayman. Dindor kishi bo’lsaydim,
baxtiyor bo’larmidim. Endi bu foydasiz. Bo’m-bo’sh bir dunyoda bo’m-bo’sh qalb bilan
o’limimni kutardim. Tuproqqa aylanib, hashoratlarga yem bo’lish uchun. Juda achinarli
hol, ammo haqiqat.
Qo’rqmayman. O’limning sovuq nafasi juda yaqin. Shu eshikni bir kuni o’lim ochishiga
ishonaman. O’lim dahshati kuchli. Shuncha ezilsam-da, azobim cho’zilsa-da, o’lganim
yo’q…
Yana mavzudan uzoqlashdim. Qaytaman.
Tanaffus barishga majburman. Yana bir qancha film, tahlillar. Hech yoqtirmayman. Meni
qutqarishlaridan qo’rqamna. Yashashni istamagan bir kishi qutqarishda unga bir
yomonlikni o’ylashmaydi. Keyin juda ham sovuq va mehrsiz insonlar. Shifokorlar va
hamshiralar nega bunaqa? Odamni sira ham mensishmaydi. Biror narsa demoqchi
bo’lsang gaping og’zingda qoladi. Ehtimol, olim bo’lish boshqa, odam bo’lish boshqadir.
Maktablarimiz bilim odami yetishtirishadi, ammo odamni tarbiyalashmaydi. Barcha
muallimlarni yomon demayman. Oralarida yaxshilari ham bor. Ammo umumiy ahvol
yomon.
Do'stlaringiz bilan baham: |