Demak, qadrdon so‘qmoqlar ayriliq yillari siqilgan,
diqqinafas bo‘lgan bu yurakka kenglikni, erkinlikni,
qushdek yengil parvoz etish baxtini hadya etarkan-da!
She’rning uchinchi bandi bu lirik qahramon aynan ijod kishisi
ekaniga nozik ishora qiladi. Shoir o‘smirlikdagi pokiza
tuyg‘ularini ilk bora she’rga solishdek baxt ato etgan kunlarni,
birga mushoira qilgan do‘stlarini xuddi kechagiday tiniq ko‘radi,
qalbiga birinchi muhabbat hissini hadya etgan qo‘shni qiz
qo‘shig‘i quloqlari ostida jaranglaydi:
Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar,
She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday.
Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab,
Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday.
Lekin yillar suroni juda ko‘p narsani, juda ko‘p hislarni o‘zi
bilan birga olib ketgan. Uzoq yoz kechalari shoirga sho‘xchan
1 5 5
qo‘shiq kuylab berib shodlantirgan qo‘shni qiz ham «bunda
yo‘q, u yiroqlarda...» Qolaversa, «Bizning joylar o‘rni hozir
paxtazor...»
«Qadrdon so‘qmoqlar» asari shoirning sobiq sho‘ro davridagi
ijod mahsuli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mazkur she’rda lirik
tuyg‘ular bilan birga o‘z davri bilan bog‘liq ijtimoiy kayfiyat
ham aks etgandir. Gap shundaki, sho‘ro davrida yurtimizning,
xususan, Qoraqalpog‘iston hududining ham aksariyat sug‘o-
riladigan yerlariga paxta ekish siyosati olib borilgan edi. Ko‘plab
mevazor bog‘lar, poliz mahsulotlari, sholi va boshqa dehqon-
chilik ekinlari yetishtiriladigan yerlarni yoppasiga paxta bosib
ketgandi. Xuddi shu siyosat natijasini aks ettirar ekan, shoir
«Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor» deydi.
Ayni misradagi «bizning joylar» so‘zlariga alohida diqqat
qaratishimiz kerak. E’tibor bersak, bu misra «Biroq u bunda
yo‘q, u yiroqlarda» degan misradan keyin kelyapti. «Bizning
joylar» bugungi kunda yiroqlarda bo‘lgan «u» bilan chambarchas
bog‘liq. «U» esa «burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab» chiqib
keladigan qo‘shni qizdir! Demak, shoir «bizning joylar» degan-
da, shu qo‘shni qiz bilan sayr qilgan, u bilan baxtli damlarni
boshdan kechirgan dilga yaqin joylarni nazarda tutmoqda.
She’rga alohida ikkita to‘rtlik ham ilova qilingan. Ularning
maxsus ajratilishining sababi bor, albatta. Agar she’rning asosiy
qismi bir-biriga bog‘lanib ketadigan yaxlit lirik kechinmalarni
o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, bu to‘rtliklarning har birida shoir-
ning hayot tajribalari, kuzatishlaridan kelib chiqadigan falsafiy
qarashlari ifodalangandir.
Hozirning o‘zida Siz ham bir narsani kuzatishingiz mumkin.
Ya’ni Siz o‘zingizdan katta, ulug‘ yoshdagi odamlarni ko‘proq
bilasiz, ularga havas va hatto, taqlid ham qilasiz. Tanishla-
ringizning aksariyatini tengdoshlaringiz, yoshi katta aka-opala-
ringiz tashkil qiladi, to‘g‘rimi? Ko‘chada uchrab qoladigan, Sizni
yaxshi ko‘rganidan, hatto, chuchuk tili bilan salom berib o‘tadi-
1 5 6
!
gan yoshi kichikroq bolajonlarning esa hammasini ham taniyver-
maysiz, ismlarini-da aniq ayta olmaysiz. Nega? Chunki, odam-
ning tabiati shunaqa. Odam doimo oldinga qarab oyoq bosadi,
oldinda turgan narsalarni ko‘proq ko‘radi, oldindagilarga intilib
yashaydi. Natijada
Cholga salom bersam o‘sha so‘qmoqda,
«Kimsan?» deb tanimay menga qaradi.
Bir bola uchrasa sal nariroqda:
– Kimning o‘g‘lisan? – deb men ham so‘radim.
Do'stlaringiz bilan baham: |