7 3
digan, uyqusini qochirib, jonini achitadigan ham menman.
Kattalarga
nisbatan hurmat-izzat, kichiklarga nisbatan mehr-
shafqat qildiradigan ham menman. Biroq inson meni hamma
vaqt ham sof saqlay olmaydi. Oxir bir kuni xor qiladi. Agar
men toza bo‘lsam, inson bolasini olalamagan bo‘lur edim: yax-
shisini yaxshilikka yetkazadigan ham – men, yomonining
ta’zirini beradigan ham – men. Adolat, insof, or-nomus, rahm-
shafqat, mehribonchilik kabi narsalarning hammasi mendan
chiqadi. Mensiz bularning ko‘rgan kuni kunmi? Shunday bo‘l-
gandan keyin, bu ikkalasi men bilan yana qanday qilib masala
talashishadi? – debdi.
Shunda Ilm uchalasini
bafurja tinglab olib, ularga shunday
debdi:
– Ey G‘ayrat, sening aytgan gaplaringning hammasi to‘g‘ri.
Hatto, u aytganlaringdan boshqa hunarlaringning borligi ham
rost, shuningdek, ularning sensiz hech ekanligi ham to‘g‘ri.
Ammo shu bilan birga, kuch-quvvatingga yarasha qattiqchili-
ging ham bor. Ko‘pgina foydang bilan birga zararing ham yo‘q
emas. Ba’zan yaxshilikka, ba’zan
esa yomonlikka mahkam
yopishib olasan – mana shuning yomon!
So‘ng Aqlga aytibdi:
– Ey Aql! Sening aytgan gaplaring ham – hammasi to‘g‘ri.
Sening ishtirokingsiz hech narsaning bo‘lmasligi ham rost. Yarat-
gan tangri taoloni ham sen tanitasan, mavjud har ikki dunyoning
kori-holini ham sen bilasan. Bundan tashqari ham sening
qo‘lingdan ko‘p narsalar keladi: turli amal, hiyla-nayranglarning
bari
sendan chiqadi; yaxshining ham, yomonning ham tayangani
sensan. Sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini
topib berasan – mana shu odating yomon! – deb so‘zini davom
ettiribdi Ilm. Endi men uchalangning boshingni qo‘shib, itti-
foqlaringni kelishtirib qo‘yishim kerak. Bu ishda yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadigan boshliq Yurak bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Chunki Aql,
sening nojo‘ya tomonlaring ko‘p, shu sababdan Yurak sen yetak-
lagan tomonga qarab yuravermaydi: yaxshi yo‘lga boshlasang,
7 4
jon-dilidan yuradi, hatto, xursand ham bo‘ladi; yomon yo‘lga
boshlasang,
sendan jirkanadi, aytganingga yurmaydi, balki ko‘k-
rakdan haydab chiqaradi.
So‘ngra Ilm yana G‘ayratga aytibdi:
– Ey G‘ayrat! Sening ham kuch-quvvating juda ko‘p. Lekin
Yurak bosh bo‘lsa, seni ham o‘z erkingga qo‘ymaydi. Uni faqat
o‘rinli ishlargagina safarbar qiladi. O‘rinsiz narsalarga-chi – qo‘l
urdirmaydi. Mening gapimga kirib, uchovlon birga bosh
qo‘shinglar, tinch-totuv yashanglar va bamaslahat ish ko‘ringlar!
– deb maslahat beribdi Ilm. – Agar uchalangizdagi xususiyatlar
birikib, bir odam bo‘lsalaringiz, u holda sizning bosgan izingizni
tabarruk qilib ko‘zga surtsa bo‘ladi. Bordi-yu, uchovingiz ola
bo‘lsangiz, bir
kelishimga kelisha olmasangiz, u holda men faqat
Yurakning tarafinigina yoqlayman. Chunki kitoblarda odam-
garchilik kishining qalbida bo‘ladi, qalbingni pok saqla de-
yilgan...
Do'stlaringiz bilan baham: